Nurafshon shahri hokimligi
3.31K subscribers
42.7K photos
3.84K videos
52 files
12.2K links
Download Telegram
#tibbiyot

🩺 Birlik mahallasi aholisi uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Nurafshon shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan Birlik mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tor soha mutaxassislari, umumiy amaliyot shifokorlari, terapevt shifokorlar, EKG, UZD tekshiruvlari va laboratoriya tahlillari amalga oshirildi.

Mazkur tadbir aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash va profilaktik tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#tibbiyot_xodimlari

Tibbiyot xodimlariga ehtirom ko'rsatildi

Joriy yilning 10 - noyabr kuni Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining majlislar zalida soha xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Tadbirga sog‘liqni saqlash tizimida faol mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari, soha faxriylari, yosh mutaxassislar taklif qilindi.

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig'i Matluba Peltabayeva aholi salomatligi yo‘lida halol va sidqidildan ishlayotgan barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, tizimni yanada isloh qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar tobora kengayayotganligini e’tirof etdi.


Hozirda Nurafshon shahrida markaziy shifoxona, oilaviy poliklinika hamda ko'p tarmoqli markaziy poliklinika mavjud bo‘lib, unda 1 ming 133 nafar tibbiyot xodimlari xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilmoqda.

Tadbirda samarali mehnatlari uchun bir guruh faollar tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2