Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Tibbiyot xodimlari uchun tadbir tashkillashtirildi

Xalqimiz salomatligini asrashdek masʼuliyatli va sharafli yoʻlda oʻzini ayamasdan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Nurafshon shahridagi “O‘zbegim” tantanalar koshonasida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida shahar hokimi I.Klichxanov soʻzga chiqib, bugungi kunda shifokorlarning oʻrni, jamiyat taraqqiyoti yoʻlida olib borayotgan yangilanishlarini eʼtirof etdi. Yana bir bor soha egalarini tabriklab tadbirni ochib berdi.

Shahar hokimi I.Klichxanov bayram ishtirokchilarini qutlar ekan, ko‘p yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga katta hissa qo‘shayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-extirom bilan tilga oldi va munosiblar taqdirlandi.
Nurafshon shahar tibboyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun shahar hokimligi tomonidan 500 mln.so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

https://t.me/Nurafshonpressа
#tibbiyot_xodimlari

Tibbiyot xodimlariga ehtirom ko'rsatildi

Joriy yilning 10 - noyabr kuni Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining majlislar zalida soha xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Tadbirga sog‘liqni saqlash tizimida faol mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari, soha faxriylari, yosh mutaxassislar taklif qilindi.

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig'i Matluba Peltabayeva aholi salomatligi yo‘lida halol va sidqidildan ishlayotgan barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, tizimni yanada isloh qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar tobora kengayayotganligini e’tirof etdi.


Hozirda Nurafshon shahrida markaziy shifoxona, oilaviy poliklinika hamda ko'p tarmoqli markaziy poliklinika mavjud bo‘lib, unda 1 ming 133 nafar tibbiyot xodimlari xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilmoqda.

Tadbirda samarali mehnatlari uchun bir guruh faollar tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2