Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Elektr ta’minoti yangilanmoqda!

Nurafshon shahri elektr ta’minoti xodimlari tomonidan Navro‘z mahallasi hududida eski tayanch ustunlar yangi beton tayanch ustunlarga almashtirilmoqda. Ushbu ishlar hududdagi elektr ta’minotini yanada barqaror va xavfsiz qilishga xizmat qiladi.

#BarqarorElektr #ObodHudud #TexnikYangilanish #Nurafshon #EnergiyaTaminoti

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#diqqat
#bildirish

HOKIM QABULGA MARHAMAT!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, muammolarni joyida o‘rgangan holda tezkorlik bilan hal etish maqsadida, Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanovning 2025-yil 14-mart kuni soat 14:30 da aholi uchun navbatdagi qabuli o‘tkaziladi.

Fuqarolar qabuli Nurafshon shahar "Tong" madaniyat saroyi binosida bo‘lib o‘tadi.

Aziz fuqarolar! Sizlarda murojaatlaringiz bo‘lsa, hokim qabulga tashrif buyurishingiz mumkin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#Xalqaro_hamkorlik
#Nurafshon_PM
#CIS #2_kun

Nurafshon Prezident Maktabida CIS vakillari uchun 4S tadbiri o‘tkazildi

Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillari tashrifi doirasida Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi tomonidan 4S tadbiri tashkil etildi. Ushbu 4S (Science, Sport, Social, Spirituality) tamoyiliga asoslangan tadbir ishtirokchilarga nafaqat bilim va tajriba almashish, balki yuqori kayfiyat ulashishga ham xizmat qildi.

Kun davomida robofutbol musobaqalari, psixologik treninglar, sport bellashuvlari, milliy taomlar festivali, “Science fair” loyihalar taqdimoti va turli namoyishlar o‘tkazildi. Tadbir nafaqat Prezident maktabi jamoasi, balki mehmonlar uchun ham unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

#Xalqaro_hamkorlik #Nurafshon_PM #CIS #4S #PrezidentMaktabi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

f.Qorasuv 6kV tarmog'ida eski ustunlarni yangi temir beton ustunlarga almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining
Navro'z hamda Muqimiy mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 15-mart kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Франция муносабатларида мутлақо янги даврни бошлаб, икки томонлама алоқалар солномасида олтин ҳарфлар билан битиладиган тарихий ташриф.

Исторический визит, открывший совершенно новую эпоху в отношениях между Узбекистаном и Францией, будет вписан золотыми буквами в летопись двусторонних связей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X