Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarorida 250 ming nafar xotin-qizni oliy ta’lim bilan qamrab olish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi 4-maktabda bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Djumanova, TATU Nurafshon filiali, Mahalla uyushmasi, sog‘liqni saqlash va adliya bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida qizlarga oliy ta’limga yo‘naltirish, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va hayotiy muhim tavsiyalar berildi.

#Nurafshon #XotinQizlar #OliyTalim2025 #QizlarKelajagimiz #Ta'limgaYo'nalish #AyollarFaolligi #OilaVaJamiyat

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt