Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Gaz yondirgichlarini yangilash – tejamkorlik va xavfsizlik garovi

"Nurafshonshahargaz" GTB xodimlari mahallalarda xatlovlar o‘tkazib, aholiga eskirgan gaz yondirgichlarini zamonaviy, tejamkor va xavfsiz turlariga almashtirishning afzalliklarini tushuntirmoqda.

Yangi yondirgichlar gaz sarfini kamaytirib, xavfsizlikni oshiradi va ekologik jihatdan qulay hisoblanadi.

#Tejamkorlik #XavfsizGaz #ZamonaviyTexnologiya #Nurafshonshahargaz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Yaqin qo‘shnimga, yaqin o‘rtog‘imga 5 tup ko‘chat, 5 tup gul va kitoblar sovg‘a qilaman!"

🌿 Nurafshon shahrida "Xotin-qizlar ekologik faollik sari" dolzarb oyligi doirasida faol ishtirok etilmoqda.

🌏 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida ekotashabbuslarni keng targ‘ib qilish maqsadida Nurafshon shahrida aksiya o'tkazilmoqda.

🌱 Shahar bo‘limi tomonidan ham ushbu oylik doirasida ko‘chat ekish, atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologik faollikni oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

📢 Siz ham ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok eting!

#YashilKelajak #Ekofaollik #Saxovat #Ko‘chatEking #TabiatniAsraylik #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍32
Nurafshon shahrida ta’lim muassasalari xavfsizligi yanada mustahkamlanmoqda.

Nurafshon shahar prokurori T.Karimov tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari F.Sultonov boshchiligida ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilib, o‘quvchi va o‘qituvchilar xavfsizligini ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash hamda ta’lim muassasalaridagi muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bolalarimizning xavfsiz kelajagi – bizning ustuvor vazifamiz!

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍4
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi

📍 Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyi binosida fuqarolar yig‘ini raisi saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

👥 Seminarda Nurafshon shahar Adliya bo‘limi, Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri ishtirok etib, saylov jarayonlarini qonuniy va samarali tashkil etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

📌 O‘quv seminar davomida ishchi guruh a’zolariga saylov jarayoni tartibi, nomzodlarni ilgari surish, saylovni tashkil etish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha muhim tushunchalar yetkazildi.

#FuqarolarYig‘ini #Saylov2025 #Nurafshon #Mahalla #AdolatliSaylov

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt