Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
"Yashil makon" loyihasi doirasida tomchilatib sug‘orish joriy etildi!

"Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini suv bilan ta’minlash uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanmoqda. Bu usul suvni tejashga yordam berib, ko‘chatlarning yaxshi o‘sishini ta’minlaydi.

#YashilMakon #TomchilatibSug‘orish #Ekologiya #Ko‘chatlar #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👎1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

f.N/S O'rta Chirchiq 110/35/6 kV T-2, 16000 kVA transformatorida joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining
📌Obod;
📌Oybek;
📌Birlik;
📌Evalak;
📌Marifat;
📌Qumariq;
📌Bobur;
📌Degantepa;
📌Dehqonobod mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida

O'rta Chirchiq tumanining
📌Obod;
📌Arg'in;
📌Qaytmas;
📌O'rta ovul;
📌Yuqori ovul;
📌Yangilik;
📌Jang'abay;
📌Galabotir;
📌Mayramko'l mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 4-aprel kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Eʼlon

Tadbirkor va eksportyorlar diqqatiga!

Joriy yilning 3-aprel kuni soat 09:00 da "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini oʻrganish yuzasidan ochiq muloqoti oʻtkaziladi. Shuningdek, tadbirkor va eksportyorlar o'zlari joylashgan shahar va tuman studiyalaridan ulanishlari mumkin.

Muloqotda mutasaddilar, xususan, mazkur yoʻnalishga bevosita aloqador va daxldor boshqarma hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.

Ochiq muloqotga tadbirkorlik faoliyatida ayrim toʻsiqlarga uchrayotgan, muammosiga yechim topilmayotgan yoki loyiha taklifi mavjud boʻlgan barcha tadbirkor va eksportyorlarni taklif qilamiz!

Manzil: Chirchiq shahri, "X.Maqsudov" MFY, V.Xaydarov ko‘chasi, 1-uy.

Murojaat uchun telefon:
+998 99 646 46 31;
+998 99 301 19 90.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar

🔹 15-mart – 15-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

🚒 Shu munosabat bilan Nurafshon shahri hududidagi qurilish ob’ektlarida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qurilishda faoliyat yuritayotgan ishchilar va obyekt mas’ullari uchun yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi yoki portlashining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🧯 Ushbu chora-tadbirlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ishchilar xavfsizligini ta’minlash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishga xizmat qiladi.

#FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2🔥1