Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
35.9K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

Tadbirkor va eksportyorlar diqqatiga!

Joriy yilning 3-aprel kuni soat 09:00 da "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini oʻrganish yuzasidan ochiq muloqoti oʻtkaziladi. Shuningdek, tadbirkor va eksportyorlar o'zlari joylashgan shahar va tuman studiyalaridan ulanishlari mumkin.

Muloqotda mutasaddilar, xususan, mazkur yoʻnalishga bevosita aloqador va daxldor boshqarma hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.

Ochiq muloqotga tadbirkorlik faoliyatida ayrim toʻsiqlarga uchrayotgan, muammosiga yechim topilmayotgan yoki loyiha taklifi mavjud boʻlgan barcha tadbirkor va eksportyorlarni taklif qilamiz!

Manzil: Chirchiq shahri, "X.Maqsudov" MFY, V.Xaydarov ko‘chasi, 1-uy.

Murojaat uchun telefon:
+998 99 646 46 31;
+998 99 301 19 90.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar

🔹 15-mart – 15-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

🚒 Shu munosabat bilan Nurafshon shahri hududidagi qurilish ob’ektlarida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qurilishda faoliyat yuritayotgan ishchilar va obyekt mas’ullari uchun yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi yoki portlashining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🧯 Ushbu chora-tadbirlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ishchilar xavfsizligini ta’minlash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishga xizmat qiladi.

#FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#gaz
#eʼlon

DIQQAT!!!

Ta’mirlash ishlari tufayli, Nurafshon shahrining "Evalik" MFY Evalik ko’chasida ertaga, 03-aprel kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi xonadonlari soni – 140 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 1 ta


Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

☎️ dispetcherlik xizmati: (71) 502-17-04; (71) 502-17-05; (71) 502-17-06

“Hududgaz Toshkent” GTF

👉 |telegram|
Toshkent Yo‘li ko‘chasida yo‘l qurilish ishlari davom etmoqda

Toshkent Yo‘li ko‘chasi bo‘ylab keng ko‘lamli yo‘l qurilish ishlari davom etmoqda. Quruvchilar tomonidan yo‘lning yon cho‘ntak qismi (to‘xtash joyi) qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda.

Mazkur ishlar shahar hokimi nazoratida amalga oshirilmoqda.

Loyiha natijasida yo‘l infratuzilmasi yanada yaxshilanib, haydovchilar va piyodalarning harakati uchun qulay sharoit yaratilishi kutilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt