Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Shahar ko'rkiga zarar yetkazuvchi holatlar bartaraf etildi

🏙 Nurafshon shahrining Toshkent yo‘li ko‘chasida savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar hamda mulk egalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda shahar hokimi I. Klichxanov va shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev ishtirok etdi.

📌 Uchrashuv davomida shahar arxitekturaviy qiyofasini saqlash, sanitariya talablariga rioya qilish va tartib-intizomni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, tadbirkorlarga:
✔️ Reklama yorliqlarini shahar estetik qiyofasiga mos holda joylashtirish,
✔️ Maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga joylashtirish,
✔️ Sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

⚠️ Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, tadbirkorlarga belgilangan qoidalarga rioya qilish bo‘yicha ogohlantirish berildi.

#Tartib #Sanitariya #ShaharQiyofasi #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👎1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

N/S O'rta Chirchiq 110/35/6 kV T-1 quvvati 10000 kVA transformatorida joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining
📌To'y tepa;
📌Dehqonobod;
📌Bobur;
📌Oybek;
📌Marifat;
📌Yangiobod;
📌Obod;
📌Uchqun mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida
2025-yil 3-aprel kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Shuningdek


N/St. O'rta chirchiq 110/35/6 kV f.Olmazor 6kV tarmog'idan ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan
📌Marifat mahallasi Ipoteka banki va ko'p qavatli uylari aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 3-aprel kuni soat 06:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Markaziy ko‘chada obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda. Ushbu tashabbus shaharning yanada ko‘rkam va yashil bo‘lishiga xizmat qiladi.

#Obodonlashtirish #YashilShahar #Atirgul #TabiatniAsraylik #Go‘zalShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt