To'y tepa mahallasida ham videokuzatuv tizimi yo‘lga qo‘yildi
Nurafshon shahrining To‘y tepa mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhitni yaratish maqsadida zamonaviy videokuzatuv tizimlari o‘rnatildi.
Mahallaning To‘y tepa, Farovon, Mash’al hamda Toshkent yo‘li ko‘chalariga jami 24 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Shundan 5 tasi 360 gradusli ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lib, hududni to‘liq nazorat qiladi. 19 ta kamera esa yuzni aniqlash texnologiyasi bilan jihozlangan.
Eng asosiysi, bu kameralar jinoyatchi shaxslar aniqlanganda profilaktika inspektoriga xavf signali yuborish kabi ilg‘or funksiyalarga ega. Bu esa huquqbuzarliklarning oldini olishda samaradorlikni yanada oshiradi.
Ushbu ishlar Prezidentimizning 2025-yildagi tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
#To‘yTepa #XavfsizMahalla #NurafshonShahri #Videokuzatuv
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube

Nurafshon shahrida qurilish ishlari nazoratdan o'tkazildi
Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari Yangi O‘zbekiston massivida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Xususan, Xitoy investitsiyasi asosida "ZHONG TUO" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida qurilish normalariga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish va sifatli qurilish materiallaridan foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
#QurilishNazorati #YangiO‘zbekistonMassivi
#InvestitsiyaLoyihasi #ShaharHokimi
#XavfsizlikVaSifat #KoʻpQavatliUylar
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt