Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida qurilish ishlari nazoratdan o'tkazildi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari Yangi O‘zbekiston massivida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Xususan, Xitoy investitsiyasi asosida "ZHONG TUO" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida qurilish normalariga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish va sifatli qurilish materiallaridan foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#QurilishNazorati #YangiO‘zbekistonMassivi
#InvestitsiyaLoyihasi #ShaharHokimi
#XavfsizlikVaSifat #KoʻpQavatliUylar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
14 nafar bolaga xatna to‘yi

Nurafshon shahrida Mustaqillik bayrami arafasida kam ta’minlangan oilalarning 14 nafar farzandi uchun xatna to‘yi o‘tkazildi.

13 nafar bolajonga velosiped, imkoniyati cheklangan 1 nafar bolajonga esa planshet sovg‘a qilindi. Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bolajonlarga unutilmas shodiyona ulashildi.

#Nurafshon #Mustaqillik34 #XatnaTo‘yi #EzguAmal #BolajonlarQuvonchi #YangiO‘zbekiston

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍96👌2