Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 8-sessiyasi 22-may, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


📎Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahri hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari, shahar hokimi I. Klichxanov, shahar ichki ishlar bo‘limi rahbari, hokim o‘rinbosarlari, Kengash kotibiyati, mahalliy korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan shaharning turli sohalarida 2025-yil II choragida amalga oshirilgan ishlarga oid muhim masalalar o‘rin oldi.

Dastlab, shahar adliya bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi hamda Xalq qabulxonasi Nurafshon shahri bo‘limining chorak yakuni bo‘yicha axborot va hisobotlari eshitildi. Shuningdek, mahalliy byudjet daromadlari rejasi ortig‘i bilan bajarilgani va yer maydonlari bo‘yicha tushumlar asosida shakllangan mablag‘larni samarali yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi:

🔹Shahar soliq inspeksiyasi;
🔹Tibbiyot birlashmasi;
🔹Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi;
🔹Yoshlar ishlari bo‘yicha shahar bo‘limi;
🔹Inson ijtimoiy xizmatlar markazi;
🔹“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Nurafshon bo‘limi;
🔹Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
🔹Maktab va maktabgacha ta’lim shahar bo‘limi.

Sessiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq shahardagi mavjud obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jamoatchilik fikriga asoslangan tadbirlarni moliyalashtirish mezonlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham axborot berildi.

Sessiya yakunida qo‘shimcha masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Kengashining 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada II chorakda amalga oshirilgan ishlar, byudjet tushumlari, sohalar hisobotlari va nomlash masalalari muhokama qilindi. Muhim qarorlar qabul qilindi.

🎥 Batafsil – videoda!

#Nurafshon #sessiya #xalqdeputatlari #mahalliyhokimiyat #TashabbusliByudjet #ijtimoiyrivojlanish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3👏1
#diqqat
#bildirish
#sessiya

⚡️ Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 10-sessiyasi 10-sentabr kuni, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

/ Telegram /Instagram /Facebook/
👍3👏1
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 10-sessiyasi 10-sentyabr, soat 10:00 da bo'lib o'tadi.


Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram /Instagram /Facebook/
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kengash raisi — Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

Shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar prokurori o‘rinbosari A. Olimov hisobot berdi.

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish natijalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish masalasi yuzasidan Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Ergashev ma’ruza qildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligi to‘g‘risida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M. Xudaykulov ma’lumot berdi.

“Toshkent suv ta’minoti” AJ Nurafshon shahar bo‘limi rahbari M. Xoliqov amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari A. Marupov 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Sessiya yakunida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
1
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 11-sessiyasi 7-oktyabr, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram /Instagram /Facebook/
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

Mahallalar faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularni birlashtirish, bo‘lish, tugatish va nomlariga o‘zgartirishlar kiritish masalalari to‘g‘risida;

Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari shtat birliklarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida mahalliy hokimliklarning tarkibiy tuzilmasiga o‘tkazish hamda bu jarayon yakunlanganiga qadar ular uchun qo‘shimcha ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida;

Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi rahbarining 2025-yil III choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti;

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ish bilan ta’minlash uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida.


Sessiya davomida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.


https://t.me/Nurafshonpressa
#sessiya

⚡️ Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi
📅 21-oktabr kuni, soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Mazkur sessiyada shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator dolzarb masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

https://t.me/Nurafshonpressa
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

👉Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 2025-yil
III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot;

👉shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yil III chorakda qonuniylikni
ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida;

👉shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025-yil III chorakda amalga
oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot;

👉boshqa masalalar.


Sessiya davomida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.
👍1
#sessiya

🗓17.12.2025.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining o‘n to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Sessiyada xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

👉Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

👉Nurafshon shahri bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish mezonlariga mosligini monitoring qilish to‘g‘risida;

👉Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi huzurida “Xalqparvar” jamoatchilik komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida;

👉Nurafshon shahrida “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan hududlar hamda yoʻllarni taʼmirlash uchun qoldirilgan zaxira mablagʻlari hisobidan mintaqaviy yoʻllar (ichki koʻchalar) manzilli roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida;

👉boshqa masalalar.


Sessiya davomida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2