Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

f.To'y tepa 6kV 102-transformator punktida yangi SIP kabellarini tortish ishlari olib borilishi sababli

Nurafshon shahrining
📌Oybek;
📌Obod;
📌Yangiobod;
📌Ma'rifat;
📌Bobur;
📌Dehqonobod;
📌Uchqun;
📌To'y-tepa;
📌Navro'z MFY A.Sahoba ko'chasi aholi va ulgurji  iste’molchilarida 2025-yil 16-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha
elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli madaniyat va san'at xodimlari!

Sizlarni 15-aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, san’at orqali yoshlarimizni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz doimo e’zozga loyiq.

Nurafshon shahar hokimligi nomidan sizlarga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar va bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4🔥1
Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash, arxitektura qiyofasini zamonaviylashtirish hamda qurilish ishlari sifatini nazoratga olish maqsadida shahar sektor rahbarlari o'rganish olib bormoqda.

Shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari, shahar prokurori T.Karimov, shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyev, shahar DSI boshlig‘i J.Sayfiyev va tegishli tashkilotlar rahbarlari ko‘cha bo‘ylab joylashgan tadbirkorlik subyektlari va mulk egalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga yashil hududlarni barpo qilish, atrof-muhitni obodlashtirish va arxitektura qoidalariga mos ravishda tashqi ko‘rinishni yaxshilash yuzasidan tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent yo‘li bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda!

Sektor rahbarlari tomonidan holat o‘rganilib, tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

#Nurafshon #ToshkentYo‘li #Obodonlashtirish #YashilHudud #SektorNazoratida

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

🔴BRIFING

🎙Nurafshon shahri Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 2025-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri T.Daniyarovning axboroti


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hashar

Nurafshonda "Vatanparvar bog‘i" tashkil etilmoqda

Mazkur manzilda bir qator tashkilotlar ishtirokida hashar tashkil etildi. Ayniqsa, yoshlar ko‘chat ekish, obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘lishdi.
________

"Vatanparvar bog'i (Patriot Park)" is being established in Nurafshan

Tha Hashar event was held at this site with the participation of several organizations. Notably, young people were active in planting saplings, beautifying, and cleaning the area.
________

В Нурафшане разбивается "Ватанпарвар боғи" («Сад патриотов»)

Здесь был организован хашар для работников ряда организаций. Стоит особо отметить роль молодёжи, представители которой активно участвовали в работах по посадке саженцев, благоустройству и приведению территории в порядок.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3