Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Hokim qabuli: muammolar joyida hal etilmoqda

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tomonidan fuqarolar qabuli davomida ko‘tarilgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, tegishli choralar belgilandi. Qabulda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ish bilan ta’minlash, sog‘liq va kommunal xizmatlar bo‘yicha muammolar tinglanib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida echim topildi.

#Nurafshon #HokimQabuli #MuammoEchimi #AholiXizmatida #FuqaroMurojaati #IshonchVaE'tibor

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
#gaz
#eʼlon

Diqqat!!!!

NURAFSHON SHAHAR

"Qumariq" MFYdagi yuqori bosimli gaz taʼminoti nuqtasi (GTN) oʻzgartirilishi sababli, 19-aprel kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagi "Qumariq" mahallaning:

– Shox;
– Sada;
– Fidoyilar;
– Zilol;
– Yoshlik koʻchalarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi xonadonlari soni – 320 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni5 ta.

Hurmatli isteʼmolchilar gaz uskunalarini koʻzdan kechirishni unutmang!


Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

☎️ dispetcherlik xizmati: (71) 502-17-04//-05//-06

“Hududgaz Toshkent” GTF

Kanalga ulanish:👉 |telegram|
👎1
🌿 Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shaharda tozalash va obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

🔹 Shahar markazidagi favvoralar atrofi tozalanmoqda, mavjud daraxtlar sug‘orilmoqda.
🔹 Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekilib, parvarishlanmoqda.
🔹 Shuningdek, ushbu hududda uzum yo‘laklarini qurish ishlari olib borilmoqda.

🌱 Maqsad — Nurafshonni yanada ko‘rkam, yashil va aholi uchun qulay shaharga aylantirish.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1