Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar
#5Tashabbus_Voleybol
#IIB_kubogi

🖐 Tashabbus olimpiadasi doirasida sportning
«Voleybol» turi bo'yicha mahallalardan g‘olib chiqqan jamoalar bugun Toshkent viloyati Nurafshon shahar “IIB kubogi”da yutish maqsadida kelgan yoshlar sektor bosqichida o‘z kuchlarini sinashdi.
🏐
Musobaqalar o'z navbatida sog'lom bahs-munozaralarga boy, ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Yutgan jamoalar shahar bosqichiga yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
DIQQAT E'LON!

Hurmatli Nurafshon shahri va yaqin tumanlar aholisi!

Sizni 28-aprel kuni, soat 19:00 da Nurafshon amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan yorqin va unutilmas BEPUL GALA KONSERTga taklif qilamiz!

Konsert dasturida ishtirok etishadi:
Gulsanam Mamazoitova
Baxriddin Zuxriddinov
Xurshid Turdiyev
DJ Macarella

Kayfiyatingizni ko'taradigan, musiqaga to‘la ajoyib kecha sizni kutmoqda! KELING, KO‘RING, ZAVQLANING!
Kirish mutlaqo bepul!

Manzil: Nurafshon amfiteatri
Vaqt: 28-aprel, soat 19:00

#NurafshonKonsert #GalaKonsert2025
#BepulKonsert #NurafshonVaYaqinTumanlar
#JonliIjro #OilaBilanKelishgaArziydi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent viloyati prokuraturasi vakillari tomonidan Nurafshon shahrida o‘rganish ishlari olib borildi

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi D.Davlatov boshchiligida Nurafshon shahridagi 143 ta ko‘p qavatli uylar faoliyati o‘rganildi. Jumladan, ushbu uy-xonadonlarga xizmat ko‘rsatuvchi "Bekzod Servis 777" MCHJ va "Tuytepa Yuksak Servis" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar, ko‘p qavatli uy-joy egalari tomonidan bildirilgan murojaatlar, debitor qarzdorliklar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, "Taraqqiyot", "Yuksalish" va "Nurafshon" mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar holati ko‘zdan kechirilib, uylarning saqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi yashash sharoitlarini yaxshilash va mavjud muammolarni joyida hal etishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarorida 250 ming nafar xotin-qizni oliy ta’lim bilan qamrab olish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi 4-maktabda bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Djumanova, TATU Nurafshon filiali, Mahalla uyushmasi, sog‘liqni saqlash va adliya bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida qizlarga oliy ta’limga yo‘naltirish, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va hayotiy muhim tavsiyalar berildi.

#Nurafshon #XotinQizlar #OliyTalim2025 #QizlarKelajagimiz #Ta'limgaYo'nalish #AyollarFaolligi #OilaVaJamiyat

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt