Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
DIQQAT E'LON!

Hurmatli Nurafshon shahri va yaqin tumanlar aholisi!

Sizni 28-aprel kuni, soat 19:00 da Nurafshon amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan yorqin va unutilmas BEPUL GALA KONSERTga taklif qilamiz!

Konsert dasturida ishtirok etishadi:
Gulsanam Mamazoitova
Baxriddin Zuxriddinov
Xurshid Turdiyev
DJ Macarella

Kayfiyatingizni ko'taradigan, musiqaga to‘la ajoyib kecha sizni kutmoqda! KELING, KO‘RING, ZAVQLANING!
Kirish mutlaqo bepul!

Manzil: Nurafshon amfiteatri
Vaqt: 28-aprel, soat 19:00

#NurafshonKonsert #GalaKonsert2025
#BepulKonsert #NurafshonVaYaqinTumanlar
#JonliIjro #OilaBilanKelishgaArziydi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent viloyati prokuraturasi vakillari tomonidan Nurafshon shahrida o‘rganish ishlari olib borildi

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi D.Davlatov boshchiligida Nurafshon shahridagi 143 ta ko‘p qavatli uylar faoliyati o‘rganildi. Jumladan, ushbu uy-xonadonlarga xizmat ko‘rsatuvchi "Bekzod Servis 777" MCHJ va "Tuytepa Yuksak Servis" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar, ko‘p qavatli uy-joy egalari tomonidan bildirilgan murojaatlar, debitor qarzdorliklar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, "Taraqqiyot", "Yuksalish" va "Nurafshon" mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar holati ko‘zdan kechirilib, uylarning saqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi yashash sharoitlarini yaxshilash va mavjud muammolarni joyida hal etishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarorida 250 ming nafar xotin-qizni oliy ta’lim bilan qamrab olish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi 4-maktabda bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Djumanova, TATU Nurafshon filiali, Mahalla uyushmasi, sog‘liqni saqlash va adliya bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida qizlarga oliy ta’limga yo‘naltirish, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va hayotiy muhim tavsiyalar berildi.

#Nurafshon #XotinQizlar #OliyTalim2025 #QizlarKelajagimiz #Ta'limgaYo'nalish #AyollarFaolligi #OilaVaJamiyat

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

2025-yil 23-aprel kuni boshlangan gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi bo‘yicha rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda.

Bugun, 24-aprel kuni soat 20:00 dan 21:00 oralig‘ida Nurafshon shahrining barcha mahallalarida gaz ta’minoti qayta tiklanishi kutilmoqda.

Iltimos, xavfsizlik qoidalariga amal qiling va gaz ta’minoti tiklangach, gaz asbob-uskunalarini ehtiyotkorlik bilan ishga tushiring.

"Nurafshonshahargaz" yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yana bir bor uzr so‘raydi.

Savollar bo‘yicha murojaat uchun telefon: ☎️ (99) 004-81-04, 104

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar hokimligi
#Diqqat #Bildirish "Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi Hurmatli Nurafshon shahri aholisi! 2025-yil 23-aprel kuni boshlangan gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi bo‘yicha rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Bugun, 24-aprel…
#E’LON
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

"Nurafshonshahargaz" GTB sizni xabardor qiladi:

"Ohangaron–Olmaliq" magistral gaz tarmog‘ining 34–48 km oralig‘ida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlanmaganligi sababli, gaz ta’minoti bugun, 24-aprel kuni soat 20:00 dan 21:00 oralig‘ida tiklanmaydi.

Gaz ta’minoti ertaga, 25-aprel kuni ertalab soat 8:00 da to‘liq tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Iltimos, xavfsizlik choralariga qat’iy amal qiling.

Savollar bo‘yicha murojaat uchun telefon: ☎️ (99) 004-81-04, 104

"Nurafshonshahargaz" – sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim!
#Tungi_xizmat | #Nurafshon

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahrida ham jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Sottiyev va shahar prokurori T. Karimov ishtirokida o‘tkazilgan xizmat oldi yo‘riqnomasida xodimlarga hushyorlik, masʼuliyat, hamda aholining osoyishtaligini taʼminlash borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.

Yo‘riqnoma yakunida ichki ishlar xodimlari saf holda xizmat joylariga tarqatilib, tungi tartib-intizomni ta’minlash uchun xizmatga kirishdilar.

📢 Hurmatli fuqarolar! Tungi nazorat tadbirlari davomida ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt