Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.4K photos
3.36K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Yoshlar bilan muloqot

Nurafshon shahrida ishsiz yoshlar bilan samarali muloqot tashkil etildi. Tadbir doirasida shahar prokurori T.Karimov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev, shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov hamda shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning hayotiy sharoitlari, qiziqishlari, bandlik holati va duch kelayotgan muammolari chuqur o‘rganildi. Ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha aniq taklif va choralar ishlab chiqildi.

Bu kabi tashabbuslar yoshlar bandligini oshirish va ularning kelajagini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
DIQQAT, MUHIM E’LON!

Hurmatli Nurafshon shahri va O‘rtachirchiq tumani fuqarolari!

Shifoxonada ichki infeksiyalarni oldini olish, tozalik va gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish maqsadida, shuningdek, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2025-yil 3-maydan 20-maygacha quyidagi bo‘limlarda rejalashtirilgan profilaktik ishlari amalga oshiriladi:

Qabul (Emergency) bo‘limi
Xirurgiya
Terapiya
Kardiologiya
Nevrologiya
Tug‘ruq
Yuqumli kasalliklar bo‘limlari

Mazkur sanalarda yuqoridagi bo‘limlarda tozalash, dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya va kosmetik ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, ular vaqtincha yopiladi.

Shu bilan birga quyidagi bo‘limlar odatiy tartibda ishlashda davom etadi:

Bolalar bo‘limi
KTMP (Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika)
Oilaviy poliklinika

Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar esa quyidagi yaqin tibbiyot muassasalariga murojaat qilishlari mumkin:
Piskent, Yuqorichirchiq, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on va Olmaliq shahar tibbiyot birlashmalari.

Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun rahmat aytamiz.

Sog‘ligingiz – biz uchun muhim!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi ma’muriyati
Nurafshon shahrida 65 o‘rinli bolalar bo‘limi qurilmoqda

Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi hududida zamonaviy 65 o‘rinli bolalar bo‘limi binosi qurilmoqda. Qurilish ishlari “Zomin Sifat” MChJ pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shahar hokimi I. Klichxanov qurilish jarayonlari bilan tanishdi. U ishlarning sifati va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida mas’ul rahbarlarga qurilishni o‘z vaqtida va yuqori sifatda yakunlash, bolalar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️Диққат эълон!

Олий Мажлис ҳузуридаги Фуқаролик жамияти институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди ҳудудлар кесимида аҳоли бандлигини таъминлаш, ижтимоий муҳофаза ва соғлиқни сақлаш, атроф-муҳит ва санитар-гигиеник ҳолатни яхшилаш, таълим, маданият ва спортни ривожлантириш, соғлом турмуш тарзини қарор топтириш каби йўналишларда давлат гранти танловини эълон қилади.

👉Жамоат фонди томонидан эълон қилинган грант танловлари:
Қорақалпоғистон Республикаси
Андижон вилояти
Бухоро вилояти
Жиззах вилояти
Қашқадарё вилояти
Навоий вилояти
Наманган вилояти
Самарқанд вилояти
Сурхондарё вилояти
Сирдарё вилояти
Фарғона вилояти
Хоразм вилояти
Тошкент вилояти
Тошкент шаҳри

👉Жамоат фондининг ҳудудий бўлинмалари томонидан эълон қилинган грант танловлари:
Қорақалпоғистон Республикаси
Андижон вилояти
Бухоро вилояти
Жиззах вилояти
Қашқадарё вилояти
Навоий вилояти
Наманган вилояти
Самарқанд вилояти
Сурхондарё вилояти
Сирдарё вилояти
Фарғона вилояти
Хоразм вилояти
Тошкент вилояти
Тошкент шаҳри

🗓Ариза топшириш муддати 2025 йил 30 май соат 18:00 гача

❗️Эслатма, танловда нодавлат нотижорат ташкилотлари, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ҳамда оммавий ахборот воситалари иштирок этиши мумкин!


🇺🇿
Oʻzbek (lotin)

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Веб-сайт | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda — piyodalar uchun qulay va xavfsiz yo‘laklar barpo etilmoqda. Shahar ko‘rkining zamonaviylashuvi yo‘lida izchil jarayon!

#Obodonlashtirish #PiyodalarYo‘lagi #NurafshonYangiQiyofa #ShaharKo‘rki #QuLaylikVaXavfsizlik #YashilHudud #ZamonaviyShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt