Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.4K photos
3.36K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshonda yangi transformatorlar ishga tushirildi

"Obod turmush" va "Navro‘z" mahallalarida elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan yangi transformatorlar o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Natijada aholi sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Yoshlar bandligi bo‘yicha amaliy uchrashuv: muammo va yechimlar bir joyda

Yoshlik mahallasi binosida Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida o'ziga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Har bir yoshning sharoiti o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha individual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Natijada 4 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi, ayrimlari kasb-hunar o‘quv markazlariga yo‘naltirildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli mutasaddilarga yetkazilib, ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktablarida sportning shashka, voleybol, yengil atletika, armresling, stol tennisi, quvnoq startlar va stritbol turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

https://t.me/toshvil_sport