Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

Chig'iriq mahallasi hududidagi 19-sonli maktabda ta'mirlash ishlari ishlari olib borilishi sababali, ko'cha gaz quvurlarini ko'chirish, ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan:

📌Chig'iriq mahallasining barcha ko'chalari
aholi va ulgurji  iste’molchilarida 2025-yil 6-may kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Aholi istemolchilari soni 350 ta
Ulgurji iste'molchilari soni 6 tani tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon:
☎️ (99)004-81-04.

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda og‘ir ahvoldagi mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

Prezidentning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Nurafshon shahridagi Dehqonobod, Degantepa va Chig‘iriq mahallalari og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy holati bois maxsus dasturga kiritildi.

Mazkur mahallalarda aholining tomorqadan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish, suv ta’minotini yaxshilash hamda infratuzilmani tartibga keltirish ishlari boshlangan.

Dastur doirasida 800 ta xonadonni qamrab olgan sug‘orish tizimlarini yaxshilash uchun jami 1,7 milliard so‘m ajratildi.

Dehqonobod mahallasida 1,2 km uzunlikdagi ariqlar 627 mln so‘m evaziga betonlandi.
Degantepa mahallasida 1,5 km ariqlar 640 mln so‘m hisobidan yangilandi.
Chig‘iriq mahallasida esa 1 dona quduq qazilib, 0,4 km ariqlar 395 mln so‘mga betonlandi.

Mazkur ishlarning borishi Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#TATU_Nurafshon
#Huquqiy_madad

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "Har bir yoshga huquqiy madad" aksiyasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o’tdi.

🖥 Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i K.Pardaboyeva, Nurafshon shahar Adliya bo‘limi huquqshunosi Sh.Qo‘ziev, “Madad” NNT Nurafshon shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi N.Niyozov, filial ustozlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

💬 Uchrashuvning maqsadi- yoshlar o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy bilimlarni targ’ib etish hamda bepul yuridik yordam olish, qolaversa huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

➡️ Ushbu tadbir bahs va munozaralarga boy bo‘lib, barcha talaba yoshlarga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘nggida mavzuga doir videolavha namoyish etildi. Shuningdek talaba- yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya bo‘limi tomonidan kitoblar taqdim etildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
👍1