Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.7K photos
3.44K videos
49 files
11K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida Respublika ishchi guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz Rahbarining topshirig‘iga asosan, joriy yilning 9-iyunidan boshlab Toshkent viloyati mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandlikni ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagi fuqarolar bilan manzilli ishlash yo‘nalishlarida ishlar olib borilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahri hokimligida Respublika ishchi guruhi va shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida hokimlik mas'ullari hamda shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Unda mahallalarda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi. Ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shahar hududidagi 22 ta mahalla 4 ta sektorga ishchi guruh a’zolari biriktirildi va har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.
📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 10-iyun kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri Obod turmush MFY hududidagi 4-sonli maktab binosida
🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida, shuningdek shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.

Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!

Sizni eshitamiz va yechim topamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Бўш_иш_ўринлари_01_06_2025_йил_ҳолатига.xlsx
87.8 KB
Mavjud bo'sh ish o'rinlari to‘g‘risida ma'lumot
(2025 yil 9-iyun holatiga)


Eslatib o‘tamiz mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilib, yo‘llanma olish tavsiya etiladi.
Ushbu yo‘llanma sizni ishga joylashishingizga asos bo‘ladi.

Shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan noto'g'ri telefon raqamlari berilganligi holatlari aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlarga tushuntirish ishlari olib borilib, qonuniy choralar ko'rilmoqda. 

Manzil: Nurafshon shahri Qumariq MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi 1-uy
Mo‘ljal "Sada market" do‘koni yonida.

Murojaat uchun tel.: Qayumov Komil (99)-873-80-58,
Yuldashev Dilshodjon (99)-613-45-20

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#SayyorQabul #Nurafshon

“Obod turmush” mahalla fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahri 4-sonli maktab binosida Obod turmush mahallasi fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, l. Maxmudov, A. Jalolov Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, tegishli shahar sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning turli sohalardagi muammolari atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, joyning o‘zida huquqiy va amaliy yechimlar taklif qilindi.

Tadbir davomida ko‘plab murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi, ayrim masalalar bo‘yicha esa aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt