Investitsiya dasturi doirasida maktab qurilishi o‘rganildi
Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar Ichki ishlar bo‘limi rahbari hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida 19-sonli umumta’lim maktabi hududida 270 o‘ringa mo‘ljallangan, ikki qavatli yangi individual binoning qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Yangi bino zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, o‘quvchilar uchun qulay va samarali ta’lim muhiti yaratishga qaratilgan.
Mutasaddilar tomonidan qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi hamda xavfsizlik choralari yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt