Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
“Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazildi

Nurafshon shahri hokimligida shahar hokimi I.Klichxanov rahbarligida navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar miqyosidagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida hafta mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan muhim siyosiy voqealar, ularning mazmun-mohiyati va jamiyatdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda "Zarbdor tajribasi" doirasida mahallalarda kambag‘allikni kamaytirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilishi, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar, shuningdek ta’lim muassasalarida olib borilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” amaliy tadbirlar keng muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining mavjud muammolarini joyida o‘rganib, samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Telegram
👍31
#sport

Yosh sportchimiz Respublika finalida faxrli natijaga erishdi


2025-yil 25–26-iyun kunlari Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli sport musobaqasida Nurafshon shahri “Muqumiy” mahalla fuqarolar yig‘ini vakili, shaharimiz faxri — Sultonova Nursulu Tog‘ay qizi sportning para-shashka turi bo‘yicha munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alaba nafaqat Nurafshon shahri balki butun Toshkent viloyati sport faxriylar qatoriga yana bir muvaffaqiyatli nomni qo‘shdi.

Nurafshonlik yosh sportchilarning yutuqlari ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, e’tibor va rag‘bat samarasidir.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Aholi bilan ochiq muloqot: “Ma'rifat” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahri “Ma’rifat” mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari L.Maxmudov, J.Musurmonov, Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov hamda qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, ularning dolzarb muammolari tinglandi va har bir murojaat bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📌 Sayyor qabulda jami 18 nafar fuqaro tomonidan 29 ta murojaat bildirilgan bo‘lib, ulardan 5 tasi joyida hal etildi, qolganlariga esa huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilib, ijrosi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi va nazoratga olindi.

Murojaatlar asosan quyidagi yo‘nalishlarga oid bo‘ldi: suv, elektr, gaz ta’minoti, kadastr hujjatlari, moddiy yordam, jarrohlik amaliyotida ko‘maklashish, doimiy ishga joylashish kabi masalalar.

Telegram |Facebook
8👍1