Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Qutlov

Toshkent viloyati hokimining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigidan:

Xabaringiz bor, 27 - iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan soha vakillarining ijodiy mehnati munosib baholanib, e’tirof etilmoqda.

Xususan, bu yil davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar safiga yana bir fidoyi ustoz jurnalist qo‘shildi. Kuni kecha Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, Vatanimizning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeniga “Chinoz hayoti” gazetasining Bosh muharrir o‘rinbosari – taniqli ijodkor Rahimov Abdujalol Abdiziyatovich sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, hozirgina poytaxtimizdan yana bir xushxabar viloyatimiz bo‘ylab taraldi. “Toshkent haqiqati” gazetasining Bosh muharriri o‘rinbosari, iste’dodli jurnalist Suhrob Sadirov “Oltin qalam” Milliy mukofotini qo‘lga kiritdi! Suhrobjon “Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasida g‘olib bo'ldi.

Shu munosabat bilan, Abdujalol aka Rahimov va Suhrobjonni, tahririyatlar jamoasini, ularning oila a’zolari, ota-onalarini qutlab, ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Tabrikning to‘liq matnini veb-saytimizda o‘qing

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Nurafshonda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan viloyat asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan bayram oqshomida viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan minglab yoshlar qatnashdi.

Yoshlar bilan ishlash borasida faollik ko‘rsatgan, yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda alohida namuna boʻlgan rahbarlar, o‘z navbatida, har tomonlama ilg‘or, faol yoshlar Toshkent viloyati hokimligi hamda hamkor tashkilotlar – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan faxriy yorliq, vaucher va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Festivalda san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
👍1
Fidoyi yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandi

30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Nurafshon shahrida yoshlar ishlari tizimida samarali faoliyat yuritayotgan fidoyi yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandi.

Tantanali tadbirda Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, shahar prokurori T.Karimov, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shuningdek, shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Sayfiyev ishtirok etib, yoshlarga bayramona tabriklarini izhor etdilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etib, o‘z tashabbuskorligi va mas’uliyatini namoyon etayotgan mahalla yoshlar yetakchilari shahar hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘lib, ularni kelgusida yanada faollik va fidoyilik bilan ishlashga undaydi.

Telegram |Facebook | Instagram
👍102🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida fidoyi yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandi!

👏 Ularning mehnati e’tirof etilib, shahar rahbarlari tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🇺🇿 Bu e’tibor – yoshlarimizga bo‘lgan ishonch va g‘amxo‘rlik timsoli!

#YoshlarKuni #Nurafshon #FidoyiYoshlar #Taqdirlash #YoshlarKelajagimiz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5🔥1👏1👌1
Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

#ObodShahar #ToshkentYoli #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍63👏3🔥1