Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda OAV xodimlari e’tirof etildi

27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan Nurafshon shahri hokimligi tashabbusi bilan shaharda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, OAV xodimlari va media vakillarini qadrlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahri hokimligida tashkil etilgan taqdirlash marosimida shahar hokimi I.Klichxanov shaxsan ishtirok etdi hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan hokim jurnalistlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, xususan, so‘z erkinligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni xolis va o‘z vaqtida yoritish, shuningdek, islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishdagi faoliyatini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, shahar hokimligi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borayotgan, axborot sohasida faollik ko‘rsatgan bir guruh jurnalistlar va OAV vakillari tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram Facebook
👍2🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan Nurafshon shahri hokimligi tashabbusi bilan OAV vakillari e’tirof etildi.

Jurnalistlar so‘z erkinligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni yoritish va islohotlarni targ‘ib qilishdagi xizmatlari uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎤📸 #MatbuotKuni #Nurafshon #OAV #JurnalistlarBayrami

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍32🔥1👏1👌1
#Bildirish

Nurafshonda yoʻnalishli avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2024-yil 5-noyabrdagi "Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 384-son qaroriga asosan viloyatimizning Nurafshon shahrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida, 2 ta yoʻnalish bo'yicha avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi belgilangan edi.

Jumladan, Qorasuv–Burgalik va Nurafshon shahar markazidan Bobur ko'cha bo'ylab "Degantepa" mahallasi va Nurafshon city yoʻnalishi boʻyicha jami 8 ta avtobus harid qilinmoqda. Shu sababdan, “Nurafshon jamoat transporti” MChJga "D" toifali haydovchilarni boʻsh ish oʻrinlariga ishga taklif etamiz!

Nomzodlar:

Amaldagi “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish;

Avtobus yoki yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan boshqa transport vositalarini boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik ish tajribasi;

Texnik xizmat ko‘rsatish, yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyatini yaxshi bilish;

Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i bo‘yicha hujjatlar;

Intizomli, mas’uliyatli va halol bo‘lish;

Jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.


Oylik maoshi 6 000 000 so‘mdan boshlanadi.

Ish vaqti – reja-jadval asosida tashkil etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Nurafshon shahar hokimligiga yoxud quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998887695005;
+998559027433.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👌3👍2
#E’tirof

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi

Viloyatda 27 - iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha faxriylari, ommaviy axborot vositalari, matbuot kotiblari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, jurnalist, blogerlar korxona hamda tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilgani uchun ham munosib rag‘batlantirildi.

Bayram oldidan ijodkorlar Parkent tumanida bo‘lib, yangi ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy infratuzilma loyihalarini, turizm obyektlari va intensiv bog‘dorchilik faoliyati bilan tanishdilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1