Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
‼️ E'LON ‼️
Assalomu alaykum, hurmatli nurafshonliklar!

"Nurafshon shahar gaz ta'minoti" sizga shuni ma’lum qiladi:

2025-yil 1-iyuldan 3-iyulgacha bo‘lgan muddatda, 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yer osti gaz quvurlarini bosim ostida sinash ishlari olib borilishi sababli, Qumariq, Evalak, Navro‘z va Dehqonobod mahallalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda texnik ishlar yakuniga yetkazildi va gaz ta’minoti 25 daqiqa ichida bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Iltimos, ogoh bo‘ling va xavfsizlik choralariga rioya qiling.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun rahmat!

Hurmat bilan,
"Nurafshon shahar gaz ta'minoti"
1👍1
#Ma’rifat_Saxovat_Karvoni

🇺🇿 “Ma’rifat va saxovat” karvoni loyihasi doirasida Nurafshon shahrining Evalak, Navro‘z, Ma’rifat va Chig‘iriq mahallalarida yashovchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

🤝 Karvon ishtirokchilari tomonidan ushbu oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.

🎁 Xonadonlarga birinchi tibbiy yordam to‘plamlari, dori-darmonlar, gigiyena vositalari, maktab o‘quvchilari uchun o‘quv anjomlari, sifatli choyshab va sochiqlar, shuningdek, o‘zbek adabiyotidan tanlab olingan kitoblar topshirildi.

📚 Loyihaning asosiy maqsadi — mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish va aholining ma’naviy-ma'rifiy dunyoqarashini boyitishdan iborat.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#Ma’rifat_Saxovat_Karvoni

🧺 Ehtiyojmand oilalarga birinchi tibbiy yordam to‘plamlari, gigiyena vositalari, maktab o‘quvchilari uchun o‘quv anjomlari, choyshab va sochiqlar, shuningdek, o‘zbek adabiyoti kitoblari topshirildi.

🤲 Bu tashabbus mehr-oqibat va birdamlik g‘oyalariga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3