Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ma’rifatSaxovatKarvoni
#Nurafshon

🤝 Mehr, muruvvat va ma’rifat yo‘lida!


“Ma’rifat va saxovat karvoni” Nurafshon shahrining ehtiyojmand oilalariga ezgulik ulashdi.

📚 Yordam to‘plamlari, o‘quv anjomlari va ma’naviy sovg‘alar topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍7
#diqqat
#bildirish

📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 4-iyul kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri Evalak MFY 25-sonli maktab binosida
🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.

Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!

Sizni eshitamiz va yechim topamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
📍 Xavfsiz oziq-ovqat uchun birgalikdagi nazorat tadbirlari

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi huzuridagi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Nurafshon shahrida joylashgan dehqon bozori, yarmarka va savdo nuqtalarida keng ko‘lamli nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur reydlar aholining sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga javob beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini ta’minlashga qaratilgan. Mutaxassislar mahsulotlarning ishlab chiqarish sanasi, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari va veterinariya hujjatlarini sinchiklab ko‘zdan kechirmoqda.

Reydlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📍 "Evalak" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

Nurafshon shahri 25-sonli umumta’lim maktabida “Evalak” mahallasi aholisi uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh vakillari, Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, shahar prokurori o‘rinbosari A.Olimov, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashev hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz va ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi. Har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilib, joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Fuqarolarning murojaatlari asosan kadastr masalalari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, ta’lim sohasi va boshqa yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ldi. Qator masalalar bo‘yicha muammolar joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosi belgilangan muddat va mas’ullarga biriktirildi.

Sayyor qabullar aholining muammolarini hal etishda samarali muloqot maydoniga aylanmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍43👏2🔥1
📌 #dolzarb_90_kun

🏫 Nurafshon shahrida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.

2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar maktablarida ta’lim sifatini oshirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

📍 Jumladan, 25-sonli umumta’lim maktabida:
– O‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi;
– Tarbiyaviy tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilmoqda;
– Maktab hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍1