Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#qurilish
#Nurafshon

Nurafshon shahrida yangi bolalar shifoxonasi qurilishi davom etmoqda

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-dekabrdagi “2024–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–454-sonli qaroriga asosan, Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi hududida 65 o‘rinli zamonaviy bolalar bo‘limi binosi qurilmoqda.

Qurilish ishlari “Zomin Sifat” MChJ pudrat tashkiloti tomonidan olib borilmoqda. Hozirda binoda ichki pardozlash va elektr tarmoqlarini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

📸 Quyida mazkur obyekt qurilishidan fotolavhalar bilan tanishing:

#Nurafshon #SogliqniSaqlash #YangiLoyiha #BolalarBo‘limi #ZominSifat #QurilishJarayoni #TibbiyotRivoji

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi


“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_24_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/GMHLm7H4UPI sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@Nurafshon_shahar_manaviyat
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 Ma’lumotlaringiz raqamlashmagan bo‘lsa, buni darhol amalga oshiring. Bu sizga kelajakda ishonchli ravishda avtomatik pensiya tayinlanishini ta’minlaydi.

Hurmatli fuqarolar!

🔘 Bugungi kunda ishlayotgan bo‘lsangiz, ish joyingizdagi kadrlar bo‘limidan mehnat faoliyatingiz to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni my.mehnat.uz tizimiga kiritib qo‘yishlarini talab qiling.

🔘 Bugungi kunda ishlamayotgan bo‘lsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilib mehnat daftarchangizdagi yozuvlarni bepul raqamlashtirib oling.


📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍1
Milliy libos – milliy g‘ururimiz timsoli

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish, yosh avlod qalbiga milliy o‘zlikni singdirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Milliy liboslar” aksiyasi doirasida Nurafshon shahri hokimligi va hokimlik binosida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Zamonaviy ish muhitida milliy liboslarda faoliyat olib borayotgan xodimlar xalqimizning boy madaniy merosi hamda taraqqiyot yo‘lidagi zamonaviy intilishlarini uyg‘un holda namoyon etmoqda.

Atlas va adras kabi milliy matolar – bu nafaqat chiroyli liboslar, balki o‘zligimiz, tarixiy ildizlarimiz va milliy iftixorimizning yorqin ramzidir.

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, uni yosh avlod qalbiga singdirish yo‘lida bunday tashabbuslar alohida ahamiyatga ega.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍42