Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

Nurafshon shahar Toshkent yo‘lida kengaytirish ishlari olib borilayotganligi sababli, Navro‘z mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan D-114 mm li o‘rta bosimli gaz quvurlarini ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan quyidagi mahallalarda 2025-yil 31-iyul kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Obod (Navro‘z ko‘chasidan tashqari)
Yangiobod
Ma’rifat
Oybek
Bobur
Uchqun
Obod turmush
To‘ytepa
Dehqonobod
mahallasining Paxtakor va X. Yo‘ldoshev ko‘chalari
Muqumiy
Navro‘z
(Shifokorlar ko‘chasidan tashqari)

Gaz ta’minoti 4878 ta xonadon va 92 ta yirik iste’molchida to‘xtatiladi.

📞 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
☎️ 104 yoki 📱 (99) 004-81-04

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Noturar bino

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yoshlik MFY, Islom Karimov ko'chasi, 30-uy
Boshlang‘ich narxi: 13,5 mlrd so'm
Yer umumiy maydoni: 1,2 gektar
Bino umumiy maydoni: 2046 kv.m

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16742854

☎️: +998992072610
☎️: +998992073610

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Obodonlashtirish xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Nurafshonda uzum ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
📍 Toshkent yo‘li ko‘chasi
👷‍♂️ Seminar shahar hokimi o'rinbosari F. Shomurodov rahbarligida o‘tkazildi.

#obodonlashtirish #seminar #agrotexnika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda “Yoshlar banki” tashabbusi amalda: 2,2 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan muhim tashabbus – Aloqabankni yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi “Yoshlar banki”ga aylantirish g‘oyasi izchil amalga oshirilmoqda.

📍 Shu maqsadda, Nurafshon shahrida 11 nafar ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun 2 milliard 237 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

“Yoshlar banki” tashabbusi doirasida kredit olgan yoshlar bilan Nurafshon shahri Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i B.Abduqodirov uchrashdi. Uchrashuv davomida ularning faoliyati o‘rganilib, mavjud muammolar va takliflarini tinglandi.

🎯 Mazkur tashabbus nafaqat yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, balki ularni mustaqil tadbirkor sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏗 Nurafshonda qurilishlar nazoratda!

"Nuroniylar maskani" va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#diqqat
#bildirish

📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 31-iyul kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri Taraqqiyot MFY binosida
🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.

Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!

Sizni eshitamiz va yechim topamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Elektr stansiyalarini qurish huquqi” toifasidagi lotlar savdo jarayoniga o'zgartirish kiritildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 5- va 102-bandlariga muvofiq, “Elektr stansiyalarini qurish huquqi” toifasida savdoga chiqarilgan lotlar uchun qadamga bog‘lanmagan narx taklifini kiritish bilan bog'liq texnik o'zgartrish kiritilganligini ma'lum qilamiz.

Onlayn-auksion savdolari savdo boshlanganidan narx takliflarini qadamma qadam tushirib borish usulida o'tkaziladi.

Batafsil: Ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
#bildirish

🎉 Xalqlar do‘stligi kuni — birdamlik va hamjihatlik bayrami! 🇺🇿🌍

Hurmatli Nurafshonliklar!

Sizlarni 2025-yil 31-iyul kuni soat 18:00 da Nurafshon amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan “Xalqlar do‘stligi kuni”ga bag‘ishlangan madaniy tadbirga taklif etamiz!

🔸 Turli millat va elatlarning milliy madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlari va san’ati namoyon bo‘ladigan bu tadbirda siz:

🎭 Milliy raqslar va kuylar,
🎨 Milliy hunarmandchilik va madaniy ko‘rgazmalar,
🍱 Turli xalqlarga xos taomlar taqdimoti,
🎤 Qiziqarli konsert dasturini

tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz!

Barchangizni oila a’zolaringiz bilan ushbu yorqin bayramga taklif etamiz!

📍 Manzil: Nurafshon amfiteatri
🕕 Vaqt: 31-iyul, soat 18:00

Kirish mutlaqo bepul!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥21
Nurafshon shahrida tashqi savdo aylanmasi oshib bormoqda

2025- yil yanvar-iyun oylarida Nurafshon shahrida tashqi savdo aylanmasi hajmi 47 mln AQSH dollariga yetib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,2 % ni tashkil etdi.


Shundan:

🔶Eksport – 20,3 mln AQSH dollari

🔶Import – 26,7 mln AQSH dollari


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2👍2
"Taraqqiyot" mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida navbatdagi sayyor qabul “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ochiq muloqotda Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari A. Olimov, hokim o‘rinbosarlari, shuningdek, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida quyidagi yo‘nalishlardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi:

🔹 elektr energiyasi ta’minoti
🔹 ichimlik suvi va BSK xizmatlari
🔹 tibbiy xizmatdan foydalanish
🔹 subsidiya ajratilishi
🔹 uy-joy ta’miri bilan bog‘liq masalalar

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi, ayrim masalalar esa joyida hal etildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
6👍1