Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida xavfsizlik tizimini kuchaytirish ishlari davom etmoqda

2025-yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov va shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashevlar Qumariq, Navro‘z hamda Birlik mahallalarida bo‘lib, yuzni aniqlovchi kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi va ularning faoliyatini o‘rgandilar.

Mazkur tashrif davomida mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholining tinch va osoyishta hayotini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshonda davlat xizmatchilari tongni jismoniy tarbiya bilan boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–95-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-avgustdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun ertalab Nurafshon shahar hokimligi xodimlari ish kunini badantarbiya mashqlari bilan boshlashdi. Tadbirda Toshkent viloyati Boshqaruv samaradorlik agentligi bosh inspektori Sh. Xidirov ham ishtirok etib, xodimlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, mehnat unumdorligini oshirish va ish joyida ijobiy muhit yaratish borasida fikrlarini bildirdi.

Tadbir davomida xodimlar ertalabki mashqlarni bajarib, kunni tetik va ko‘tarinki ruhda boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur amaliyot jismoniy faollikni oshirish bilan birga, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
👉 12-avgust – Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni

Nurafshon shahri hokimligi jamoasi bugungi qutlug‘ sana – Davlat soliq xizmati xodimlari kuni bilan shahrimiz soliq tizimida fidokorona xizmat qilayotgan barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etadi.

Yurtimiz taraqqiyoti va iqtisodiy barqarorlik yo‘lida mas’uliyat bilan faoliyat yuritayotgan siz azizlarning mehnati doimo e’zozga loyiq. Sizlarga ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va baxt tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
6