Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda hokim o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibida Toshkent viloyati hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, Mustaqilligimizning 34 yilligiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan:

shahar ko‘chalarini bayramona bezash va hududlarni obodonlashtirish;
bozorlar va savdo maskanlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
go‘sht, kartoshka va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash;
maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yakunlash;
“Tashabbusli budjet” dasturining 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar qurilishini jadallashtirish;
Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan obyektlarga barcha kommunikatsiyalarni kiritish;
PQ-1-sonli qaror ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.


Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
2👍1
Nurafshon shahri hokimi Qumariq mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Zarbdor tajribasi” doirasida Qumariq mahallasi hududida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini o‘rnatish, yashil hududlarni barpo etish kabi yo‘nalishlardagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Shahar hokimi mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
🇺🇿 Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik qizg‘in!

Bino va inshootlarga bayramona bannerlar o‘rnatilib, markaziy ko‘chalar bo‘ylab bayroqlar ilinyapti.

#Mustaqillik34 #BayramTayyorgarligi #Nurafshon #VatanimMeniFaxrim

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Узум_сайли_2025

🍇ПАРКЕНТДА АНЪАНАВИЙ “УЗУМ САЙЛИ” ФЕСТИВАЛИ БЎЛИБ ЎТАДИ

📅 Жорий йилнинг 22–23 август кунлари Тошкент вилояти, Паркент тумани, Заркент қишлоғида анъанавий “Узум сайли” фестивали бўлиб ўтади.

🔝Паркентнинг бой табиати, узумчилик анъаналари ва миллий қадриятлар руҳидаги ушбу фестивал доирасида:

🎆Узум ва қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари кўргазма-ярмаркаси;
🎆Гала-концертлар ва маданий дастурлар;
🎆Илмий-амалий конференциялар;
🎆Миллий урф-одатлар намойиши кабилар ташкил этилади.

🆓 КИРИШ БЕПУЛ!

📍 МАНЗИЛ

🌐Web TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🔥1
👍🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalarining faoliyatini keng jamoatchilikka tanitish, xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi samaradorligini yoritish, yosh va istiqbolli jurnalist, shoir hamda mustaqil ijtimoiy tarmoq faollarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida “Kasaba uyushmalari haqidagi eng yaxshi mavzu” tanlovini e'lon qilamiz.

🎤 Ushbu tanlovda Toshkent viloyatidagi matbuot, televideniye, radio va internet platformalarida faoliyat yuritayotgan jurnalist va mustaqil ijtimoiy tarmoq faollari hamda shoirlar qatnashishi mumkin.

🖥 Ishtirokchilardan quyidagi yo'nalishlardagi materiallar qabul qilib olinadi:
➡️ Televideniye va radio yo‘nalishi;
➡️ Bosma nashrlar yo‘nalishi;
➡️ Internet nashrlari yo‘nalishi;
➡️ Kasaba uyushmalari to‘g‘risida she’r yo‘nalishi.


Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
🗓 tanlovga taqdim etiladigan materiallar 2025-yilning 10-avgustdan 10-sentabrgacha bosma yoki elektron OAVlarida, ijtimoiy tarmoqlarda, tele-efirlarda yoki shaxsiy bloglarda e’lon qilingan bo‘lishi lozim;

✔️ tanlovga taqdim etiladigan materiallarda asosiy mavzu yoritilgan bo‘lishi kerak;

ilmiy ishlar, seminar, trening, konferensiya, davra suhbatlari uchun tayyorlangan materiallar qabul qilinmaydi;

✔️ tanlov tili – o‘zbek tili.


✔️ Tanlovda ishtirok etish uchun mavzuga oid materiallar 2025-yil 10-avgustdan 10-sentabr soat 18:00 ga qadar viloyat Kengashining @tvkasaba_tanlovbot telegram botiga quyidagilar yuboriladi:

➡️Ishtirokchining anketa ma’lumotnomasi;

➡️Mavzuga oid materiallar (she’rlar va maqolalar matni pdf shaklida) joylangan sayt, fayl, ijtimoiy tarmoqdagi sahifa, teleradiokanalning manbasiga havola).


📝 Nizom bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: 👉 http://bit.ly/4lg1Fy2

Qo'shimcha ma'lumot uchun telefonlar:
📱 99 898 04 35

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram 🟦Facebook ⬜️Website ▶️YouTube 🟠Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3