Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida amalga oshirilgan qurilish ishlari

2025- yilning yanvar-iyul oylarida Nurafshon shahrida jami 587,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish ish sur’ati 113 % ni tashkil etdi.


shu jumladan:

▫️ Yirik qurilish tashkilotlari –55,3 mlrd so‘m

▫️ Kichik va mikrofirmalar – 476,9 mlrd so‘m

▫️ Norasmiy sektor – 55,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2👍1
#shukuh

⚡️Nurafshonlik sog‘liqni saqlash xodimlari Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nishonlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

«Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilgan tadbirda Nurafshon shahrida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari, soha faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda 60 nafardan ziyod tibbiyot xodimlarining farzandlariga maktab o‘quv qurollari va sumkalari topshirildi. Shuningdek, Tibbiyot birlashmasida uzoq yillar mobaynida xalqimiz salomatligi yo‘lida astoydil mehnat qilgan 30 nafardan ziyod mehnat faxriylari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Nurafshon shahri kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nurafshon shahridagi sog‘liqni saqlash muassasalarida bayram shukuhi davom etmoqda.

Телеграм | Youtube | Ok.ru | Instagram | X
2👍2
Mustaqillik bayrami mahallalarda keng nishonlanmoqda

Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami keng ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Shahar hududidagi Birlik mahallasida ham ushbu ulug‘ sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalla faollari, ko‘chaboshilar, xojionayu hojiotalar, oqila ayollar faol ishtirok etdilar.

Bayramona dasturxon yozilib, doshqozonlarda osh pishirildi. Nuroniylar qo‘l ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz rahbarining salomatligi uchun samimiy duolar qilishdi.

Shuningdek, shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbirda Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi vakillari ham ishtirok etdi.

Mustaqillik bayramining shukuhi Nurafshon shahridagi barcha mahallalarda keng tarqalib, xalqimizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍3
#jarayon

Ayni damda Nuroniylar maskani binosi hududida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
👍74👏1