Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
“Mushuk ota” ziyoratgohini obodonlashtirish rejalashtirilmoqda

Nurafshon shahridagi qadimiy “Mushuk ota” ziyoratgohini obodonlashtirish, tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulay sharoit yaratish, shuningdek, Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ushbu muqaddas maskanni milliy an’analarni saqlagan holda kelajak avlodga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan shahar hokimi boshchiligida viloyat mas’ullari, nuroniylar, Madaniy meros agentligi vakillari hamda loyiha va qurilish tashkilotlari mutaxassislari ziyoratgohda bo‘lishib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida hududni obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy sharoit yaratish va ziyoratgohning tarixiy qiyofasini saqlab qolish bo‘yicha tegishli topshiriq va takliflar bildirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Taraqqiyot mahallasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi

Nurafshon shahri Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida katta madaniy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirlari doirasida Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida stol tennisi, shaxmat, shashka va voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tantanalarda mahalla faollari, nuroniy otaxon-onaxonlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, mahalla hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar xususida iliq fikrlar bildirildi.

Shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, yoshlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir so‘ngida esa doshqozonda mazali osh pishirilib, mehmonlar va mahalla aholisi o‘rtasida tarqatildi.
👍1
Taraqqiyot mahallasida Mustaqillik bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Sport musobaqalari, kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va doshqozon osh mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 🇺🇿🎉

#Mustaqillik34 #Nurafshon #TaraqqiyotMahallasi #VatanUchun #BayramKayfiyati #YoshlarFaolligi #MahallaHayoti

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1👎1