Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahrida "Obodlik ostonadan boshlanadi!" shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda shahar ko‘chalarida manzarali daraxt va gullarni parvarishlash, yashil hududlarni sug‘orish, yo‘l chetidagi bordyurlarni bo‘yash, binolar fasadlarini tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish xizmati xodimlari tomonidan hududlarni yanada ozoda va ko‘rkam holatga keltirish maqsadida ko‘chat ekish, gulzorlarni soyabonlar bilan himoyalash hamda yashil maydonlarni muntazam parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, shahrimizning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli shahrimiz kundan-kunga yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.
#Hashar
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👎2