Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahrida "Obodlik ostonadan boshlanadi!" shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda shahar ko‘chalarida manzarali daraxt va gullarni parvarishlash, yashil hududlarni sug‘orish, yo‘l chetidagi bordyurlarni bo‘yash, binolar fasadlarini tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish xizmati xodimlari tomonidan hududlarni yanada ozoda va ko‘rkam holatga keltirish maqsadida ko‘chat ekish, gulzorlarni soyabonlar bilan himoyalash hamda yashil maydonlarni muntazam parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, shahrimizning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli shahrimiz kundan-kunga yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.
#Hashar
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👎2
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
✅ Xususan, Nurafshon mahallasidagi Nurafshon–Ohangaron markaziy chorrahasi atrofi zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.
Hududda yirik LED monitor o‘rnatilmoqda, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, rang-barang gullar ekilmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni samarali parvarishlash maqsadida suvni tejovchi zamonaviy sug‘orish tizimlari barpo etilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari shahar infratuzilmasini yanada obod va ko‘rkam etish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi va mehmonlar uchun qulay, zamonaviy sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Nurafshon shahri hududidan oqib o‘tuvchi ariq va zovurlarda tozalash hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan turli maishiy chiqindilar, loyqa va begona o‘simliklar tozalanmoqda.
✅ Shu bilan birga, ariq va zovurlarning chet qismlarida beton qoplama yotqizilib, ularning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlanmoqda. Mazkur ishlar suvning erkin oqishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, hududning obod va ozoda qiyofasini saqlash hamda mavsumiy yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida shahar hududining turli manzillarida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4