Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari "O‘zbekiston 24" telekanalining Maxsus reportaj dasturida.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahridagi YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing

Facebook|Instagram|X
#Sayyor_qabul

🟢 Sayyor qabul — fuqarolar muammosi e’tibor markazida

Bugun Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Chig‘iriq" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan quyidagi masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi:
ijtimoiy muammolar va yordam masalalari,
kredit ajratish va dehqonchilikni rivojlantirish,
bandlik hamda kommunal xizmatlar,
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va boshqa dolzarb yo‘nalishlar.

🔹
“Har bir fuqaroning murojaati biz uchun muhim. Muammolarni imkon qadar tez va adolatli hal qilishga harakat qilamiz. Shahrimiz taraqqiyoti va aholi farovonligi yo‘lida birgalikda ishlaymiz”

- dedi Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov.

Qabul davomida murojaatlar diqqat bilan tinglanib, tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olindi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, hayot sifatini yaxshilash va ularning muammolarini hal etish — shahar hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍2
#Oila_muqaddas

Nuroniyalar maskanida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar bilan uchrashuv o'tkazildi.


Tadbirda Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov oilaning jamiyatdagi o‘rni, uni asrash va mustahkamlash masalalariga to‘xtalib, yoshlar uchun zarur ko‘mak va maslahatlar doimiy yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Uchrashuvda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oilaviy muammolarni hal qilish, farzand tarbiyasi va ajrimning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berildi.

📌 15 ta oila ishtirok etdi
🤝 8 ta oila yarashtirildi
👶 17 nafar farzand yetimlikdan asrab qolindi.

Tadbirning asosiy maqsadi — oilalarning mustahkamligini ta’minlash va ajrimlarning oldini olishdir.

https://t.me/Nurafshonpressa
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oila_muqaddas

Har bir yarashgan oila — jamiyatning yutug‘i.
Farzand baxti — eng ustuvor vazifa. 👨‍👩‍👧‍👦

https://t.me/Nurafshonpressa
👍43
#Jamiyat_masalasi

Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahri bo‘limining murojaati ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova MIB shahar bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist D.Miniyorov bilan birgalikda shahar hududidagi har bir mahallaga borib, o‘rganish ishlari olib bordi.

Tashrif davomida aliment to‘lovidan bo‘yin tovlayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi. Ota-onalik — bu huquq emas, avvalo burch ekani ta’kidlanib, farzandlar manfaatini himoya qilish va oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Jarayon yakunida aliment to‘lovidan qochayotgan shaxslarni ogohlantirish, oilalarni yarashtirish va farzandlar kelajagini himoya qilish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.

📌 “Bola dunyoga kelishni tanlamaydi — unga baxtli bolalikni taqdim etish esa bizning burchimiz.”

https://t.me/Nurafshonpressa
👍2