#Jamiyat_masalasi
Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahri bo‘limining murojaati ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova MIB shahar bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist D.Miniyorov bilan birgalikda shahar hududidagi har bir mahallaga borib, o‘rganish ishlari olib bordi.
Tashrif davomida aliment to‘lovidan bo‘yin tovlayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi. Ota-onalik — bu huquq emas, avvalo burch ekani ta’kidlanib, farzandlar manfaatini himoya qilish va oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Jarayon yakunida aliment to‘lovidan qochayotgan shaxslarni ogohlantirish, oilalarni yarashtirish va farzandlar kelajagini himoya qilish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.
📌 “Bola dunyoga kelishni tanlamaydi — unga baxtli bolalikni taqdim etish esa bizning burchimiz.”
https://t.me/Nurafshonpressa

👍2