Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#obuna_2026

❗️Ma’rifati boylar va tadbirkor hamyurtlar!
“Mash’al” gazetasiga obuna bo‘lmaysizmi!?

Gazetaga har oyga 33 000 so‘mdan 396 000 so‘m evaziga bir yillik obuna bo‘lmaysizmi?

Nashr ko‘rsatkichi – 7024.

📍Obuna tahririyat va pochta filiallarida rasmiylashtiriladi.

⭕️Muroj
aat uchun:
https://t.me/mashal_gzt yoki quyidagi telefon raqamiga bogʻlaning:
+99899 850-30-27.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#adliya_xabari

Aholi murojaatlari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar adliya bo'limi mas'ullari "Oppoq" MFY hududidagi viloyat barkamol avlod bolalar markazi binosida aholi uchun sayyor qabullarni tashkilashtirdi.

Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM va DXM xodimlari tomonidan“Adliya kuni” va huquqiy targ‘ibot tadbiri doirasida 26 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ochiq muloqtlar davomida murojaatlar tinglandi va 5 nafar fuqaroning masalasi adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 4 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.


Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori, O‘RQ-937-son qonuni va boshqa NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#yashil_makon

Nurafshonda "Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda


Nurafshon shahridagi "Toshkent yo'li" ko'chasida joylashgan yoshlar ma'naviyat bog'ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla "yettiligi" hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari ishtirok etmoqda.

"Har bir daraxt – sog‘lom hayot va yashil muhit garovidir. Ko‘chat ekish orqali biz o‘z hududimizni obodonlashtiramiz, atrof-muhitimizni yanada go‘zal va toza qilamiz. Barchani "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etishga chaqiraman", - dedi shahar hokimi Ilxom Klichxanov.


Loyiha doirasida belgilangan reja asosida hududlar bo'ylab manzarali va mevali ko‘chatlar ekish ishlari jadal olib borilmoqda.

Tadbir doirasida jami 3 600 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
#obodonlashtirish

Tozalik va ozodalik — sog‘lom hayot garovi


Ertalabdan ko‘chalarda, yo‘l chetlarida va guzarlar atrofida tozalash ishlari bilan mashg'ul yurtdoshlarimizni uchratamiz. Ular haqiqiy fidokorlar,  desak mubolag'a bo'lmas. Nurafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari  tong sahardan kunlik mehnat jarayonlarini boshlab yuborishdi. Chiqindilarni yig‘ishtirish, ortiqcha axlatlarni olib tashlas ishlarini amalga oshirmoqdalar. 

Bir so'z bilan aytganda, ularning fidokorona mehnati natijasida ko‘chalar va yo‘llar toza, tartibli holatga keladi. Aholi esa ozoda va pokiza muhitda harakat qilish, dam olish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Tozalik nafaqat shahar ko‘rinishini go‘zal qiladi, balki atrof-muhitni, insonlar salomatligini ham asraydi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#yashil_makon

Yashil makon” loyihasi doirasida yoshlar ma'naviyat bog'ida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari izchil davom etmoqda.

Bu borada ishlarni tashkil etish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov qizg‘in mehnat jarayonlarini olib borayotgan hasharchilar bilan uchrashdi. Ayni paytda davlat xizmatchilari hamda ko‘ngillilar o‘z hissalarini munosib qo‘shayotganliklari alohida e’tirof etildi. Hokim hasharchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularga yanada ko‘proq ko‘mak ko‘rsatish, zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.

“Ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari farzandlarimizning baxtli bo‘lishi va sog‘lom hayot kechirishi uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir fuqaroning bu ezgu ishda o‘z hissasini qo‘shayotgani – vatanimizga va tabiatga bo‘lgan mehr hamda sadoqatning yorqin ifodasidir”, – deya o‘z fikrlarini ta’kidladi shahar hokimi Ilxom Klichxanov


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1