Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#yashil_makon

Nurafshon shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu tadbirlarda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar vakillari, davlat xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida barcha qatnashchilar bir yoqadan bosh chiqarib, hududlarni obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ishlariga jalb qilindi. Mazkur jarayonda yashil hududlar sonini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Har birimiz ekayotgan bir tup daraxt ertaga shahrimizga soya, farzandlarimizga nafas bo‘ladi. Yashil makon yaratishda hammamizning hissamiz bor, bu ish — umumiy uyimiz uchun, hayotimiz uchun juda muhim”, - dedi shahar hokimi I. Klichxanov.


Hozirda barcha shahar va qishloqlarda daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamdagi ishlar olib borilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
Profilaktika kuni doirasida tadbirlar davom etmoqda

Bugun Nurafshon shahar IIB boshligʼi А.Yuldashev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan profilaktika kuni munosabati bilan "Taraqqiyot" mahallasida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida koʼp qavatli uylar, xonadonlar hamda jamoat joylaridagi xavfsizlik holati, videokuzatuv kameralari faoliyati, yoritish tizimlari va yopiq xonalarning muhofaza darajasi sinchiklab koʼzdan kechirildi.

Ishchi guruh aʼzolari aholi bilan suhbatlar oʼtkazib, ularga jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar ongida huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy totuvlik va yoshlar tarbiyasida masʼuliyatni kuchaytirish haqida tushuntirish ishlarini olib bordilar.


Shuningdek, uyma-uy yurib, yorqin chiroqlar va videokuzatuv vositalari orqali mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash muhim ekanligi yuzasidan mas'ullarning fikrlari tinglandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#yashil_makon

🌱 Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan kuzgi daraxt ekish mavsumida Nurafshon shahar oila va xotin-qizlar bo'limi tashabbus ko'rsatib, belgilangan reja asosida bog' yaratish payidalar. Umummilliy loyiha doirasida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish yo‘lida xotin-qizlar anchayin faol. Bugun ham ular ko'chat ekish ishlariga munosib hissa qo'shdilar.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N. Djumanova ishtirok etdi. Ular bu kabi tashabbuslarning ijtimoiy ahamiyatini alohida ta’kidlab, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida qo'shayotgan hissasi uchun bir guruh soha fidoyilariga o'z minnatdorligini bildirib o'tdi.


🌱 Bu xayrli sa’y-harakatlarning barchasi inson qadri uchun nechog'lik ahamiyatli ekanidan nishonadir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍2