Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#yashil_makon

Yashil makon” loyihasi doirasida yoshlar ma'naviyat bog'ida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari izchil davom etmoqda.

Bu borada ishlarni tashkil etish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov qizg‘in mehnat jarayonlarini olib borayotgan hasharchilar bilan uchrashdi. Ayni paytda davlat xizmatchilari hamda ko‘ngillilar o‘z hissalarini munosib qo‘shayotganliklari alohida e’tirof etildi. Hokim hasharchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularga yanada ko‘proq ko‘mak ko‘rsatish, zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.

“Ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari farzandlarimizning baxtli bo‘lishi va sog‘lom hayot kechirishi uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir fuqaroning bu ezgu ishda o‘z hissasini qo‘shayotgani – vatanimizga va tabiatga bo‘lgan mehr hamda sadoqatning yorqin ifodasidir”, – deya o‘z fikrlarini ta’kidladi shahar hokimi Ilxom Klichxanov


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#yashil_makon

Adliya xodimlari hasharga munosib hissa qo'shdi


Nurafshon shahar adliya bo’limi va "Madad" NNT xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Hurriyat" MFYda o'tkazilgan tadbirda 300 dona terak ko’chat ekildi.

Ushbu tadbir doirasida, ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududni yashil maydonlar bilan boyitish maqsadida adliya bo’limi xodimlari va ko'ngillilar birgalikda faol ishtirok etishdi. Ekish jarayoni avvalida maxsus tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Tanlangan terak ko’chatlari mahalliy iqlim sharoitlariga mos keladi. Hasharchilar har bir ko’chatning joylashuvi va chuqurligini e’tiborga olib ish tashkil qildilar. Ekish jarayonidan so’ng, daraxtlarni muntazam parvarish qilib borish rejalashtirildi, shuningdek, ularning holati doimiy ravishda nazorat qilinadigan bo'ldi.


"Yashil makon" loyihasi doirasida bunday tadbirlarni o'tkazish kelgusida ham rejalashtirilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#jarayon

Nurafshon shahar IIB boshlig'i ta'lim muassasasidagi mavjud ahvol bilan tanishdi.


Nurafshon shahar Ichki ishlar boʼlimi boshligʼi А.Yuldashev rahbarligidagi ishchi guruh maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 16-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida boʼlib, oʼrganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tartibi hamda SanPin meʼyorlariga amal qilinishi holati atroflicha koʼrib chiqildi.


Tarbiyalanuvchilar sogʼlom va xavfsiz muhitda boʼlishi, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlarning yaratilishi doimiy eʼtiborda ekanligi taʼkidlandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati