Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
⚽️Futbol ixlosmandlari diqatiga!

2-LIGA | FINAL O‘YINI!


⚽️Musobaqaning final uchrashuvida tomoshabinlarni cheksiz hayajon va qiziqish kutmoqda! Eng kuchli jamoalar maydonga chiqib, 2-liga chempionligi uchun kurash olib borishadi. Har bir daqiqa, har bir gol va har bir zarba g'oyat zavqli lahzalarni tuhfa etadi. G‘olib maydonda aniqlanadi — zarurat tug‘ilsa, penaltilar seriyasi ham bo‘lishi mumkin!

Bu final — nafaqat jamoalar, balki barcha muxlislar uchun ham unutilmas voqea bo‘ladi. Sevimli jamoalaringizni qo‘llab-quvvatlash va maydon shovqiniga sherik bo‘lish uchun barchani taklif qilamiz!


📍 Manzil: OKMK stadioni, Olmaliq shahri

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1🔥1
#️⃣ DIQQAT!
📢 E'LON — FUQAROLAR QABULI


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 20-noyabr kuni, soat 9:00 da
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi binosida
🔹 Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida, shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.


Agar Sizda murojaat, muammo yoki takliflar bo‘lsa — ushbu qabulda ishtirok eting.

Sizni eshitamiz — birgalikda yechim topamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

🌐Nurafshon shahri

20-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti


☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, kunduzi havo harorati +17°C, kechga borib esa  +3°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Kuningiz xayrli o'tsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
"Qumariq" mahallasida tungi xavfsizlik holati o'rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Nurafshon shahrida xavfsizlik sohasida kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda kuni kecha shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda DSI rahbari J. Sayfiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tungi soatlarda hududning xavfsizlik holati o‘rganildi.

Monitoring jarayonida yoritish vositalari va kuzatuv kameralarining texnik holati, sozligi, shuningdek, aholining osoyishtaligiga tahdid soluvchi omillar batafsil tahlil qilindi. Aniqlangan ayrim kamchilik va muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday say-harakatlar fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishida muhim dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#live

Toshkent viloyatida matbuot kotiblari uchun 3 kunlik seminarga start berildi

Nurafshon shahridagi “Cyber university” davlat universitetida matbuot kotiblari uchun 3 kunlik seminar o‘z ishini boshladi. Tadbirning bosh maqsadi — axborot sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish va ularni zamonaviy ish uslublariga o‘rgatishdan iborat.

Seminarning ilk mashg‘uloti taniqli jurnalist, filologiya fanlari doktori, dotsent Beruniy Alimov tomonidan olib borildi. Unda matbuot kotiblari faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘llari keng muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, interaktiv oʻyinlar va savol-javoblar orqali bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.


Seminar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan holda davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1
💠 Pensiya to‘lovlarida zamonaviy nazorat va shaffoflik tamoyili

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi Xalq banki xodimlari bilan hamkorlikda hududlarda pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash jarayonlarini joylarda nazorat qilmoqda.

🔈 Endi pensiya to‘lovlari fuqarolarning biometrik identifikatsiyasi (Face-ID) orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ularning imzolari elektron shaklda qabul qilinib, barcha jarayonlar shaffof amalga oshirilmoqda.

🛡 Pensiya jamg‘armasi xodimlari aholi manfaatlarini himoya qilish, har bir pensionerning haq-huquqini ta’minlash va to‘lovlarni o‘z vaqtida yetkazishga alohida e’tibor qaratmoqda.

🔔 Bu kabi amaliy ishlar nafaqat tizim samaradorligini oshiradi, balki xalq bilan ochiq muloqot qilish muhitini mustahkamlab, davlat va fuqaro o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada kuchaytiradi.

☎️ 1271

🇺🇿 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

"Toshkent yo'li" ko'chasida 9 qavatli majmua qad ko'tarmoqda


Ma'lumki, Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov o'tgan vaqt ichida hududdagi 16 ta mahallalarda kompleks o'rganishlar olib bordi. Yirik ishlab chiqarish, qurilish, xizmat ko'rsatish kabi obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Navbatdagi manzil esa "Toshkent yo'li" ko'chasida joylashgan 9 qavatli turar-joy majmuasi bo'ldi.

Ayni paytda ushbu hududda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Quruvchilar esa belgilangan reja asosida ishlarni tashkil etib, xalqimiz uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda.

Jarayonlarni birma-bir ko'zdan kechirgan shahar hokimi mazkur obyektda kechayotgan o'zgarishlar, yo'l qo'yilgan ayrim kamchiliklar haqida to'xtalib, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1🔥1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 13 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 23 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 21 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1
#futbol

⚽️Bugun Olmaliq KMKning markaziy stadionida 2-liga chempionati final bahsi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning eng kuchli ikki jamoasi — Nurafshon FK va Bo‘stonliq FK chempionlik uchun maydonga tushishdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5