Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#dolzarb

Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi!


Savol: Kasalxonalarda davolanayotgan odamlar qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?

Javob: Shifoxonada vaqtincha davolanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning oila a’zolari tomonidan taqdim etiladi. Tibbiyot muassasasida doimiy ravishda yashaydigan shaxslar haqidagi ma’lumotlar esa shifoxona ma’muriyati tomonidan kiritiladi.

👉Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#muhim

Shahar hokimining aholiga murojaati yo‘llandi


Joriy yilning 27-noyabr kuni Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanovning shaharda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan murojaati yo‘llandi.


Murojaatda so‘nggi davrda shahar miqyosida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, mehnat bozorini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Shuningdek, hokim tomonidan mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar hamda ularni hal etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Nurafshon shahar hokimligi mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar doimiy e’tiborda bo‘lishini hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar izchil davom ettirilishini ma’lum qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urug'lik_paxta
#Zaxira

🗺Toshkent viloyatida 2026-yil hosili uchun 5072 tonna urug‘lik paxta jamg‘arildi

2026-yil chigit ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent viloyatida jami 5072 tonna urug‘lik paxta tayyorlangan bo‘lib, uning asosiy qismini mahalliy navlar tashkil etadi. “S-8290”, “Sulton”, “S-6524”, “Namangan-77”, “Ravnaq-1”, “Ravnaq-2” kabi hudud sharoitiga mos navlar bo‘yicha jami 4546  tonna urug‘lik jamg‘arildi. Ushbu navlar istiqbolli hosildorlik, kasalliklarga nisbatan chidamlilik va qayta tiklanuvchanlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

➡️Alohida ta’kidlash joizki, 2026-yil uchun xorijiy navlar bo‘yicha ham yetarli zahira shakllantirildi. Xususan, yuqori hosildorligi bilan sinovlardan o‘tgan “Xin Lu Zao 78” hamda “Xin Lu Zhong-57” navlari bo‘yicha jami 526 tonna urug‘lik tayyorlandi. Mazkur navlar viloyatning ayrim hududlarida intensiv texnologiyalar bilan ekiladigan maydonlar uchun mo‘ljallangan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#muhim

5000 qadam yurish marafoni o'tkazildi


Nurafshon shahar sport maktabida tibbiyot birlashmasi tarkibidagi mehnat jamoalari ishtirokida ertalabki badan tarbiya mashqlari va 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlarining jismoniy faolligini oshirish hamda ularni sog‘lom hayot sari rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. Yurish marafonida barcha bo‘lim va muassasalardan salomatligimiz posbonlari bo'lgan - shifokorlar faol ishtirok etdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar salomatlik uchun muhim bo‘lgan jismoniy mashqlarni bajardilar. Yakunda yaxshi natija ko'rsatgan va boshqalarga namuna bo'lgan bir guruh xodimlar tashkilotchilarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi.

Nurafshon shahridagi "To‘ytepa" mahallasida obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda.

Mahalla hududidagi ko‘cha va yo‘llar atrofi muntazam ravishda tozalanib, ortiqcha chiqindilar olib tashlanmoqda. Ayniqsa, mahallada yashovchi fuqarolar ushbu jarayonda faol ishtirok etib, atrof-muhitni yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahrida davom etayotgan fan olimpiadasi iqtidorli yoshlarni saralab olishda muhim omildir. Olimpiada jarayonlari xususida “Nurafshon TV” telekanalining "Fursat" dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati