Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urug'lik_paxta
#Zaxira

🗺Toshkent viloyatida 2026-yil hosili uchun 5072 tonna urug‘lik paxta jamg‘arildi

2026-yil chigit ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent viloyatida jami 5072 tonna urug‘lik paxta tayyorlangan bo‘lib, uning asosiy qismini mahalliy navlar tashkil etadi. “S-8290”, “Sulton”, “S-6524”, “Namangan-77”, “Ravnaq-1”, “Ravnaq-2” kabi hudud sharoitiga mos navlar bo‘yicha jami 4546  tonna urug‘lik jamg‘arildi. Ushbu navlar istiqbolli hosildorlik, kasalliklarga nisbatan chidamlilik va qayta tiklanuvchanlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

➡️Alohida ta’kidlash joizki, 2026-yil uchun xorijiy navlar bo‘yicha ham yetarli zahira shakllantirildi. Xususan, yuqori hosildorligi bilan sinovlardan o‘tgan “Xin Lu Zao 78” hamda “Xin Lu Zhong-57” navlari bo‘yicha jami 526 tonna urug‘lik tayyorlandi. Mazkur navlar viloyatning ayrim hududlarida intensiv texnologiyalar bilan ekiladigan maydonlar uchun mo‘ljallangan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1