Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#targʻibot

Konstitutsiya – adolatli jamiyat poydevori

👉 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrining “Birlik” mahallasida ham huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov ishtirok etdi. U fuqarolar bilan suhbatlashib, asosiy qonunning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar yo‘lidagi muhim qadamlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, Konstitutsiyaviy bilimlarini yanada boyitishdi. Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuv "Hurriyat" mahallasida o‘tkazildi

Nurafshon shahar prokuraturasi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvini "Hurriyat" mahallasida amalga oshirdi.

Tadbirga Nurafshon shahar prokuror yordamchisi S. Zafarov boshchilik qildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan asosiy huquq va erkinliklar, ularning kafolatlari, shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat tamoyillari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson qadri ustuvorligi, oila va bolalarni himoya qilish, ijtimoiy davlat prinsiplari, fuqarolar murojaatiga tezkor va adolatli munosabat kabi qator muhim normalar mustahkamlangani haqida keng ma’lumotlar taqdim etildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#targʻibot

Konstitutsiya – adolatli jamiyat poydevori

👉 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrining “Obod turmush” mahallasida ham huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fuqorolik ishlari boʼyicha Oʼrta Chirchiq tumanlararo sudi sudiyasi A.Yuldashev ishtirok etdi. U fuqarolar bilan suhbatlashib, asosiy qonunning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar yo‘lidagi muhim qadamlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, Konstitutsiyaviy bilimlarini yanada boyitishdi. Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

FVV ogohlantiradi: Is gazi hayot uchun xavfli!


Ushbu videoda Sizni va yaqinlaringizni is gazidan zaharlanishni oldini olishga yordam beradigan asosiy tavsiyalar bayon etilgan.

👉Nurafshon shahar FVB ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Nurafshon shahar FVB xodimlari bilan birgalikda 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan huquqiy targ'ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mavjud qonunchilik, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishning ahamiyati tushuntirildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Navro‘z" MFYda “ Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda 15 nafar fuqaro ishtirok etdi. Qabul davomida ularning murojaatlari tinglandi va 3 nafar fuqaroning murojaati adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 9 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, PQ-1 son qaror va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi va tadbir ishtirokchilariga flayerlar tarqatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati