Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Toshkent viloyati FVB va Nurafshon shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi hamkorligida Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan intellektual o‘yin o‘tkazildi.


🧠Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan navbatdagi zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

🔰🇺🇿Mazkur musobaqada Toshkent viloyatining 6 ta tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, qizg‘in va murosali bahs olib bordilar. Intellektual o‘yin ikki turdan iborat bo‘lib, jami 20 ta savol asosida o‘tkazildi.

Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:

🥇 1-o‘rin — Bekobod shahar jamoasi
🥈 2-o‘rin — Chirchiq shahar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Angren shahar jamoasi


🔎G‘olib jamoalar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi tomonidan kitoblar to‘plami va diplomlar bilan munosib taqdirlandi.


Manba
4
#yashil_makon

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari joylarda obodonlashtirish tadbirlarini muntazam amalga oshirmoqda. Ular yo'l bo'ylari va guzarlarni, shuningdek, "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida yangi tashkil etilgan bog' hududlarida ko'kalamzorlashtirish ishlarini yuritmoqda. Bu tadbirlar shahar infratuzilmasini yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan bo'lib, aholi uchun qulay va sog'lom muhit yaratishga xizmat qiladi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

🌿 Nurafshon shahrida atmosfera havosini yaxshilashga qaratilgan faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hududda changlanishni kamaytirish maqsadida erta tongdan boshlab yo‘l qoplamalari yuvilmoqda, yashil maydonlar esa muntazam sug‘orilmoqda.

Mazkur say-harakatlar havodagi chang miqdorini kamaytirish va aholiga qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmat
🔥1
#dolzarb

Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi!


Savol: Kasalxonalarda davolanayotgan odamlar qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?

Javob: Shifoxonada vaqtincha davolanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning oila a’zolari tomonidan taqdim etiladi. Tibbiyot muassasasida doimiy ravishda yashaydigan shaxslar haqidagi ma’lumotlar esa shifoxona ma’muriyati tomonidan kiritiladi.

👉Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#Hamkorlik

👍 Sirdaryo viloyatida Vengriya tajribasi asosida ilg'or texnologiyalar joriy qilinadi

Bugun Vengriya davlat boshqaruvi va hududiy rivojlanish vaziri T.Navrachich, Sirdaryo viloyati hokimi E.Turdimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b. U. Xusainov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etildi. Bu jarayonlar mamlakatlar Yetakchilarining o‘zaro ishonchga asoslangan siyosati va olib borayotgan izchil diplomatik sa’y-harakatlari samarasi ekanligiga alohida urg'u berildi.


Muhokamalar davomida Vengriyaning "Smart qishloqlar" modelini Sirdaryo viloyati Xovos tumanida pilot loyiha shaklida amalga oshirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish masalalariga to‘xtalindi.

Uchrashuv natijasida Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 50 ga yer maydonida O‘zbekiston-Vengriya texnoparkini tashkil etish, Vengriyaning Budapesht shahrida tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum tashkil qilish, Guliston davlat universitetida Vengriyaning MATE universiteti baliqchilik fakultetini tashkil qilish hamda bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

👍 Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Vengriyaning Davlat boshqaruvi va hududiy rivojlantirish vazirligi o‘rtasida davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida ishtirokchilar davlat xizmati, inson resurslarini boshqarish va davlat boshqaruvi sohalarida qo‘shma tadbirlar, loyihalar va o‘quv dasturlarini amalga oshiradi. Shuningdek, innovatsion boshqaruv usullari, inson kapitali samaradorligini oshirish hamda hududlarni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilinadi.


Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#sayyor_qabul

🗓04.12.2025.

🟢Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi a'zolari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan 14 nafar fuqaro tomonidan  sog'liqni saqlash, kommunal, uy-joy, moddiy yordam olish, tadbirkorlik, qurilish hamda ishga joylashish kabi jami 17 ta masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Shundan 6 tasi joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib, tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq choralar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2