Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
44.1K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyati tashkil etiladi


Hukumat qarori (819-son, 24.12.2025-y.) bilan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo'l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart.

✔️ Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitish quyidagilarni o'z ichiga oladi, jumladan:

▪️ kirish yo'l-yo'rig'i va ish joyidagi yo'l-yo'riqlarni o'tkazish;
▪️ ish joyidagi stajirovka va bilimlarni tekshirish;
▪️ xodimlarni baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatishga o'qitish.

Ish beruvchi har yili 20-yanvargacha YAMMT IDAKga quyidagi ma'lumotlar kiritilishini ta'minlaydi:

🔹 mehnat sharoiti to'g'risidagi ma'lumotlar;

🔹 zararli va xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyoz va kompensasiyalar summasi to'g'risidagi ma'lumotlar;

🔹 baxtsiz hodisalardan jabrlangan va kasb bilan bog'liq kasallik 1-marotaba aniqlangan shaxslar soni to'g'risidagi ma'lumotlar.

🏛 Tashkilotlarda ma'muriy-jamoatchilik nazorati tashkil etilishi kerak.

Ma'muriy-jamoatchilik nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

▪️ 1-bosqich – bo'linma va bo'limlarning (syex) uchastkasi, smena, brigadada;
▪️ 2-bosqich – bo'linma, bo'lim, ishlab chiqarish yoki tashkilot uchastkasida;
▪️ 3-bosqich – tashkilotda umumiy.
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari aniqlashtirildi.

Qonun (O‘RQ–1109-son, 30.12.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰 Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlriga mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlariga quyidagilar kirishi belgilandi:

🔹 bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal qilish;

🔹 aholiga transport xizmati ko‘rsatish haqida shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini ishlab chiqish.

🔹 yo‘lovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish.

🗒 Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilandi.

✔️ Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy byudjetlarning yong‘in xavfsizligi, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining ta’minoti xarajatlariga doir qismini tasdiqlashi ko‘zda tutildi.

📍 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ 5 million sun’iy intellekt yetakchilari loyihasi amalga oshiriladi


“Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (849-son, 31.12.2025 y.) qabul qilindi.

💻 Qarorga ko‘ra, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.

Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi.

💸 Bunda tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan:

▫️ 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
▫️ 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma;
▫️ 500 nafar yoshlar noutbuk;
▫️ 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar;
▫️ 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti;
▫️ 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” – elektromobil bilan taqdirlanadi.

📝 Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🔹 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish;

🔹 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish.
2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahallalar mas'ul rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi


“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizimni yo'lga qo'yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda hududlar mas'ul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi:

🔹 kriminogen vaziyati og'ir mahallalar – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o'rinbosarlariga;

🔹 5 yildan buyon “qizil” toifada bo'layotgan mahallalar – Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning o'rinbosarlariga;

🔹 3 yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar – huquq-tartibot idoralarining ta'lim va ilmiy tashkilotlariga;

🔹 kriminogen vaziyati eng og'ir tuman va shaharlar – viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi o'rinbosarlariga;

🔹 ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo'ygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmog'i eng yuqori bo'lgan mahallalar – tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sog'liqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga.
1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi


“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad 2026 – 2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o'qiydigan kitob soni)ni yiliga o'rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi.

🏛 Qarorga ko'ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi uning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

😀 Jamg'arma mablag'lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishi belgilandi:

🔺 tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yo'nalishidagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash;

🔺 tanlov orqali iste'dodli mualliflarni aniqlash va ularga
ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida 1 yilgacha BHMning 50 baravari miqdorida har oy haq to'lash;

🔺 eng sara xorijiy adabiyotlarni o'zbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;

🔺 vasiylik kengashi a'zolariga har chorakda BHMning 50 baravarigacha miqdorda mukofot to'lash.
👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish to‘xatiladi


Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3759, 21.01.2026 y.).

Unga ko‘ra, kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaroga, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb e’tirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni to‘xtatadi.

⏭️ Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirishi mumkin.

📝 Kredit tashkiloti frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

🗒 Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.

Nizomga ko‘ra, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvarag‘i, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.

Foydalanuvchining telefon raqami va JSHSHIRi mos kelishi tekshiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🖼 Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart, ya’ni rasm orqali identifikatsiya qilish mumkin bo‘lmaydi.

⌛️ Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS xabar 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi.

▶️ Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki uning parolini qayta tiklashda ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.

🗒 Shuningdek, ushbu qurilmada bank kartalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar tarixi o‘chirib yuboriladi.

☑️ Bunda, bank kartalarini biriktirish biometrik identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi.
👍1🔥1