"Navro'z" mahallasida yangi yil bayrami konserti tashkil etildi
📅 2025-yil 23-dekabr holatiga
🔹Yangi - 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan butun Respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔹Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrgacha 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Yangi yil shodiyonalari tashrif buyurganlarga unutilmas lahzalar, iliq taassurotlar bag'ishladi.

Jumladan, 23-dekabr kuni "Navro'z" mahallasida aholi uchun quvonchli va ko‘ngilochar bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirlar jarayonida shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ishtirokchilar tomonidan namoyish qilingan sahna ko‘rinishlari va maftunkor raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
🔹Yangi yil shodiyonalari tashrif buyurganlarga unutilmas lahzalar, iliq taassurotlar bag'ishladi.
👍3❤1
Nurafshonda Elektr tarmoqlari xodimalari kasb bayrami tantanali nishonlandi
✅Tadbirda kasb bayramini nishonlayotgan soha xodimlariga ezgu tilaklar bildirildi. Energetika sohasida mehnat qilib, shahar infratuzilmasini barqaror ta’minlash, aholi va korxonalarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishda fidokorona xizmat qilayotgan mutaxassislarning mehnati alohida e’tirof etildi.
🔹Hokim o‘rinbosari o‘z nutqida soha xodimlarining fidoiyligi, mas’uliyati hamda kasbiga sadoqatini yuqori baholab, ularga chuqur minnatdorlik bildirdi.
✅Tadbir davomida ish faoliyatida namunali xizmat ko‘rsatgan, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
22-dekabr - "Energetiklar kuni" munosabati bilan "Yuksalish" restoranida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov hamda sohaviy mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
✅Tadbirda kasb bayramini nishonlayotgan soha xodimlariga ezgu tilaklar bildirildi. Energetika sohasida mehnat qilib, shahar infratuzilmasini barqaror ta’minlash, aholi va korxonalarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishda fidokorona xizmat qilayotgan mutaxassislarning mehnati alohida e’tirof etildi.
🔹Hokim o‘rinbosari o‘z nutqida soha xodimlarining fidoiyligi, mas’uliyati hamda kasbiga sadoqatini yuqori baholab, ularga chuqur minnatdorlik bildirdi.
✅Tadbir davomida ish faoliyatida namunali xizmat ko‘rsatgan, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👍5❤3👎1🔥1
#Bildirish
🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida
✅2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:
🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;
🔹Nurafshon “Business city” hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.
✅Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.
✍️Nurafshon shahar hokimligi

❤3🔥1
❄️Qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
Qish fasli kelishi bilan isitish moslamalari ko‘p ishlatiladi. Shu bois har bir xonadon ahli sodda, lekin muhim qoidalarga amal qilishi shart:
🔧 Gaz jihozlarini faqat soz holatda ishlating. Nosozlikni o‘zingizcha tuzatmang.
🌬 Xonalarni muntazam shamollatib turing — is gazi ko‘rinmaydi, oqibati og‘ir.
🚫🔥Gaz plitasi va isitkich yonida yonuvchan buyumlarni saqlamang.
🪟 Ventilyatsiya yo‘lini to‘sib qo‘ymang — parda, polietilen xavf tug‘diradi.
📟 Hisoblagich ko‘rsatkichlari va bosimdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘ling.
⚠️ Gaz hidi sezilsa — jihozlarni o‘chirib, darhol derazani oching va 104 ga qo‘ng‘iroq qiling.
👶 Farzandingizni gaz jihozlaridan uzoq tuting.
Qoidalar oddiy, lekin har birining ortida aholi xavfsizligi turibdi.
Qish mavsumi tinch va osoyishta o‘tishi uchun ushbu tavsiyalarni unutmaslik zarur.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

👍1
#Infografika
👍 Davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda
Bu haqda “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilandi.
▫️Batafsil infografikada.

Eslatib o'tamiz, ushbu normativ-huquqiy hujjat davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish, hududlarning yangi imkoniyatlarini aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
▫️Batafsil infografikada.
👍1
#sayyor_qabul
🗓24.12.2025.
Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi
✅Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi a'zolari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.
✅Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan sog'liqni saqlash, kommunal, uy-joy, moddiy yordam olish, tadbirkorlik, qurilish hamda ishga joylashish kabi jami 11 ta masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Shundan 1 tasi joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib, tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.
✅Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq choralar belgilandi.

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

👍2❤1🔥1👏1