Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshonda Elektr tarmoqlari xodimalari kasb bayrami tantanali nishonlandi

22-dekabr - "Energetiklar kuni" munosabati bilan "Yuksalish" restoranida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov hamda sohaviy mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.


Tadbirda kasb bayramini nishonlayotgan soha xodimlariga ezgu tilaklar bildirildi. Energetika sohasida mehnat qilib, shahar infratuzilmasini barqaror ta’minlash, aholi va korxonalarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishda fidokorona xizmat qilayotgan mutaxassislarning mehnati alohida e’tirof etildi.

🔹Hokim o‘rinbosari o‘z nutqida soha xodimlarining fidoiyligi, mas’uliyati hamda kasbiga sadoqatini yuqori baholab, ularga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tadbir davomida ish faoliyatida namunali xizmat ko‘rsatgan, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👍53👎1🔥1
#tavsiya

❗️ Nomingizga kredit olishlarini xohlamasangiz my.gov.uz dan kreditga ta’qiq qo’yishingiz mumkin

Bunda o’zingiz ham ololmaysiz. Istalgan payt o’chirib, yoqsangiz bo’ladi.
👍1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
3🔥1
❄️Qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Qish fasli kelishi bilan isitish moslamalari ko‘p ishlatiladi. Shu bois har bir xonadon ahli sodda, lekin muhim qoidalarga amal qilishi shart:


🔧 Gaz jihozlarini faqat soz holatda ishlating. Nosozlikni o‘zingizcha tuzatmang.

🌬 Xonalarni muntazam shamollatib turing — is gazi ko‘rinmaydi, oqibati og‘ir.

🚫🔥Gaz plitasi va isitkich yonida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

🪟 Ventilyatsiya yo‘lini to‘sib qo‘ymang — parda, polietilen xavf tug‘diradi.

📟 Hisoblagich ko‘rsatkichlari va bosimdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘ling.

⚠️ Gaz hidi sezilsa — jihozlarni o‘chirib, darhol derazani oching va 104 ga qo‘ng‘iroq qiling.

👶 Farzandingizni gaz jihozlaridan uzoq tuting.

Qoidalar oddiy, lekin har birining ortida aholi xavfsizligi turibdi.
Qish mavsumi tinch va osoyishta o‘tishi uchun ushbu tavsiyalarni unutmaslik zarur
.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#Infografika

👍 Davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda


Bu haqda “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilandi.

Eslatib o'tamiz, ushbu normativ-huquqiy hujjat davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish, hududlarning yangi imkoniyatlarini aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.


▫️Batafsil infografikada.
👍1
#sayyor_qabul

🗓24.12.2025.

Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi a'zolari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan  sog'liqni saqlash, kommunal, uy-joy, moddiy yordam olish, tadbirkorlik, qurilish hamda ishga joylashish kabi jami 11 ta masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Shundan 1 tasi joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib, tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq choralar belgilandi.
👍21🔥1👏1