Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Infografika

👍 Davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda


Bu haqda “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilandi.

Eslatib o'tamiz, ushbu normativ-huquqiy hujjat davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish, hududlarning yangi imkoniyatlarini aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.


▫️Batafsil infografikada.
👍1
#sayyor_qabul

🗓24.12.2025.

Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi a'zolari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan  sog'liqni saqlash, kommunal, uy-joy, moddiy yordam olish, tadbirkorlik, qurilish hamda ishga joylashish kabi jami 11 ta masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Shundan 1 tasi joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib, tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq choralar belgilandi.
👍21🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 ЁШЛАР ВА КЎНГИЛЛИЛАР УЧУН ТАНЛОВ!

Рўйхатга олиш тадбири тарғиботни кенг ёритинг — қимматбаҳо совғаларни ютиб олинг!


🇺🇿 Мамлакатимизда 2026 йил 15 январдан 28 февралгача ўтказиладиган аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири — бу юртимиз тараққиёти учун жуда муҳим жараёндир.

👥 Шу муносабат билан ёшлар ва фаол кўнгиллиларни ушбу тадбирнинг мазмун-моҳиятини аҳоли орасида кенг тарғиб этишга чорлаймиз!


🎯 Танловнинг асосий мақсади

— Рўйхатга олиш жараёнини аҳолига тўғри, тушунарли ва қизиқарли тарзда етказиш

— Тадбир ҳақидаги ахборотни ижтимоий тармоқларда кенг ёритиш

— Ёшлар ўртасида фаоллик ва ижодкорликни рағбатлантириш


🏆 Ғолиблар учун қимматбаҳо совғалар!

Тадбир ҳақида энг кўп ва самарали тарғибот олиб борган ёшларга:

📱 Смартфонлар

📱 Планшетлар

💻 Ноутбуклар тақдим этилади!



👥 Танловда ким иштирок этиши мумкин?

16 ёшдан 30 ёшгача бўлган ёшлар

— Кўнгиллилар, блогерлар, талабалар

— Ахборотни ижтимоий тармоқларда фаол тарқатувчи ҳар қандай фуқаро


🎥 Иштирок этиш тартиби

1️⃣ Рўйхатга олиш тадбири ҳақида тарғибот материалларини тайёрланг (видео, постер, матн, инфографика ва ҳ.к.)
2️⃣ Уларини ижтимоий тармоқларга жойлаштиринг
3️⃣ Махсус хештегдан фойдаланинг:
#royxatgaolish2026
4️⃣ Материалларингизни танлов ташкилотчиларига юборинг

📌 Келинг, муҳим жараённи биргаликда тарғиб қилайлик!

Мамлакат тараққиёти учун ҳар бирингизнинг ҳиссангиз муҳим. Фаол бўлинг, ахборотни тўғри етказинг ва қимматбаҳо совғаларни ютинг!


📩 Ижодий ишларни юбориш учун манзил:
https://t.me/engyaxshitargibotmateriali_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🔍 Ish staji va ish haqingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlaringizni raqamlashtirilganlik holatini doimiy tekshirib boring.

Hurmatli fuqarolar!

🔴 Pensiyalar axborot tizimlaridagi elektron ma’lumotlar asosida tayinlanishini hisobga olib, Sizdan ish stajingiz, ish haqingiz hamda mehnat daftarchangizdagi mavjud ma’lumotlarni avvaldan raqamlashtirib borishingiz tavsiya etiladi.

Ma’lumotlarni qanday raqamlashtirish mumkinligi to‘g‘risida quyidagi havola orqali o‘tib to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=oBTban6bPEA&t=57s

🔍 Shuningdek, ma’lumotlaringizni raqamlashtirilganlik holatini my.gov.uz portali orqali mustaqil tekshirishingiz mumkin.

Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz, kelajakda sizga pensiya avtomatik ravishda muammosiz tayinlanadi.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bayram sovg‘alari topshirildi


Nurafshon shahrida Respublika ishchi guruhi a’zolari B. Chinazbekov va O. Musurmonqulov, shahar mahalla uyushmasi raisi Z. Maxsudova hamda “Nurafshon" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi E. Jambilov ishtirokida, korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyatini yakunlab nafaqaga chiqqan xodimlar hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj beshta oilaning yashash sharoiti o‘rganilib, yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklar bildirildi. Shu bilan birga, ushbu oilalarga ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, bayram sovg‘alari topshirildi.


Ushbu xayriya tadbirlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlab, ularning bayramni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olishiga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 19 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
"To'ytepa" mahallasida yangi yil bayrami konserti tashkil etildi

📅 2025-yil 24-dekabr holatiga

🔹Yangi - 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan butun Respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrgacha 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 24-dekabr kuni "To'ytepa" mahallasida aholi uchun quvonchli va ko‘ngilochar bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirlar jarayonida shahar mahalla uyushmasi mas'ullari ishtirokida shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ishtirokchilar tomonidan namoyish qilingan sahna ko‘rinishlari va maftunkor raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.


🔹Yangi yil shodiyonalari tashrif buyurganlarga unutilmas lahzalar, iliq taassurotlar bag'ishladi.
2👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men o‘qituvchiman — yoshlar kelajagi uchun mehnat qilaman!

Bugun biz o‘qitgan har bir shogird — ertangi kunning yetakchisi, yurt kelajagi.

Yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash va yangi marralarni zabt etishda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir to‘g‘ri ma’lumot — mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qiladi!

Aziza Usmonova,
o‘qituvchi
1🔥1
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahrida arzonlashtirilgan yarmarkalar davom etmoqda

📅 2025-yil 24-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan  reja asosida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi yarmarka “Navroʻz” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim bo‘lgan sifatli hamda arzon mahsulotlar keng assortimentda  savdoga chiqarildi. Mahalla aholisining mahsulotlarga yuqori talab bildirgani, ularning bunday yarmarkalarga ehtiyoji katta ekanini ko‘rsatadi.


Ta’kidlash lozimki, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida shunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari shahar bo‘ylab barcha mahallalarda muntazam o‘tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👏1