Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari  ma’lum qiladi:

N.St. Toʻytepa 110.35.6kVdan  chiquvchi f. A. Navoiy 6kV havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 25-dekabr
soat 08:00 dan 09:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Birlik", "Nurafshon", "Yoshlik" mahallalari  hamda "Yangiobod" MFYdagi 10 va 16 koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlarida


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🤝1
RASMIY MUNOSABAT

“Millar” dasturi orqali “Qumariq” mahallasidagi fuqarolar murojaati yuzasidan namoyish qilingan videolavha bo‘yicha Nurafshon shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:


Mazkur holat tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, nazoratga olindi. Shu kunning o‘zida Nurafshon shahar hokimligi hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari joyiga chiqib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Mavjud muammo yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va to‘planib qolgan suvni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, aholi murojaatida ko‘tarilgan suv muammosining tubdan yechimi sifatida, uylar chetiga suv qochirish uchun lotok ariqlarini o‘rnatish ishlari 2026-yil dastur asosida amalga oshiriladi.

Nurafshon shahar hokimligi fuqarolar murojaatiga doimo e’tiborli munosabatda bo‘lib, muammolarni hal etish yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘radi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3🤝2👎1🔥1
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (71) 76-26-371 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
📌 Toshkent viloyatida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Toshkent viloyati filialida davlat fuqarolik xizmati sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda filial rahbarining oʻrinbosari Mirzobek Tashbayev kadrlarni ochiq tanlov asosida qabul qilish, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, inson resurslarini rivojlantirish, xizmatchilar huquqlarini himoya qilish hamda murojaatlar bilan ishlash yoʻnalishlarida olib borilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarilib, jurnalist va blogerlarning takliflari tinglandi.

Yangiliklarimizni kuzatib boring — Telegram kanaliga aʼzo boʻling!
👍2
#savol_javob

Savol:
Bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?

Javob
: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Ya’ni, agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish huquqi paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Nega sovuq kunlarda Aholiga gaz to'ldirish kompressor shahobchalari faoliyati cheklanadi?

Keskin sovuq paytlarda:

🔹aholi xonadonlari

🔹maktab, bog‘cha, shifoxona kabi ijtimoiy obyektlar tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlanishi birinchi o‘ringa qo‘yiladi.

Shu bois gaz bosimini me’yorida saqlash maqsadida, AGTKSH faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilishi mumkin.

Bu choralar — zarur va vaqtinchalik.
2🔥1
#bildirish

🔹Yangi yil bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida o'tkazilayotgan bayram tadbirlari hamda konsert dasturlariga marhamat!


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida shahardagi 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrga qadar keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari tashkil etilmoqda:

Ertaga 26-dekabr kuni quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

🏙 Nurafshon shahri: "Obod turmush" mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla markazida
🗓 2025-yil 26-dekabr kuni
Soat 15:30 dan 17:00 gacha bayramona konsert dasturi o‘tkaziladi.

🔹Barchani taklif etamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥2👍1
#jarayon

Jamiyatga qaytish yo‘li: avf etilgan shaxslar bilan uchrashuv

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi tegishli farmoni bilan Toshkent viloyatidan avf etilgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, jamiyatga qayta integratsiya qilish, bandligini ta’minlash hamda mavjud ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.


Batafsil.
1
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahrida arzonlashtirilgan yarmarkalar davom etmoqda

📅 2025-yil 25-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan  reja asosida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi yarmarka “Qumariq” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim bo‘lgan sifatli hamda arzon mahsulotlar keng assortimentda  savdoga chiqarildi. Mahalla aholisining mahsulotlarga yuqori talab bildirgani, ularning bunday yarmarkalarga ehtiyoji katta ekanini ko‘rsatadi.


Ta’kidlash lozimki, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida shunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari shahar bo‘ylab barcha mahallalarda muntazam o‘tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Hurmatli fuqarolar
❗️

Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshonda yangi yil bayrami shukuhi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati