Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#savol_javob

Mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo'yicha ayrim savollarga javoblar

👉Savol: Raqamlashtirilgan mehnat daftarchasi pensiya tayinlashda qanday yordam beradi?

Javob: Ish staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi va pensiya tayinlash jarayonida sizdan qogʼoz shakldagi hujjatlar talab etilmaydi.

👉Savol: Mehnat daftarchasini raqamlashganini qanday koʼrishim mumkin?

Javob: my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portallari orqali shaxsiy kabinetingizdan koʼrishingiz mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: 📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#savol_javob

Mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo'yicha ayrim savollarga javoblar

👉Savol: Elektron mehnat daftarchasi ishonchli hisoblanadimi?

Javob: Аlbatta, u davlat tomonidan tasdiqlangan rasmiy elektron hujjat hisoblanadi.

👉Savol: Korxona arxivi yoki mehnat daftarchasi yoʼqolgan taqdirda ish stajlarini qanday qilib “tiklash” mumkin?

Javob: Аgar fuqaroning ish staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlari yoʼqolgan boʼlsa, ushbu vaziyatda yoʼqolgan mehnat faoliyati davrlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar sudning qarori bilan belgilanadi. Bunday holatga tushib qolgan fuqarolar ish stajlarini tiklatish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: 📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#savol_javob

👉Savol: SMS-Pensiya xizmatini yoqmoqchiman. Nima qilishim kerak?

Javob: Buning uchun birinchi navbatda my.gov.uz portaliga kirib ro'yxatdan o'tish lozim.

🔗 Shundan so'ng ushbu havola orqali o'tib “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va telefon raqam kiritiladi.

❗️ Eslatma: Mazkur xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔒 Ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi qay tarzda ta’minlanadi?

#savol_javob

🔝 Instagram |🔝Facebook
#savol_javob

👉Savol:  SMS-Pensiya xizmatini yoqmoqchiman. Nima qilishim kerak?

Javob:  Buning uchun birinchi navbatda my.gov.uz portaliga kirib ro'yxatdan o'tish lozim.

🔗 Shundan so'ng ushbu havola orqali o'tib “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va telefon raqam kiritiladi.

❗️ Eslatma: Mazkur  xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#savol_javob

👉Savol2026 yil aprel oyida 60 yoshga to‘laman. Ayol kishiman. Hech qayerda ishlamaganman. Pensiyaga chiqish uchun nima qilishim kerak?

JavobAgarda sizda kamida 7 yil ish stajingiz bo‘lganida 5 yil oldin, ya’ni 2021 yilda 55 yoshda yoshga doir pensiyaga chiqqan bo‘lar edingiz. 2026 yil aprel oyida 60 yoshga to‘lsangiz, ish stajingiz bo‘lmasa, unda sizga yoshga doir pensiya emas, yoshga doir nafaqa tayinlanadi. Bugungi kunda ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 820 000 so‘m hisoblanadi.

🔗Ma’lumot uchun bugungi kunda yoshga doir nafaqa Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#savol_javob

👉
Savol: Pensiya va nafaqaning farqi nimada?

Javob: Haligacha yoshga doir pensiya va nafaqa bir tushuncha deb hisoblaysizmi? Aslida unday emas.

Pensiya va nafaqaning farqi shundaki:

🗣 Kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lgan 55 yoshdagi ayollar va 60 yoshdagi erkaklar yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga egadirlar.

🗣 Ish staji 7 yilga yetmagan ayollar 60 yoshdan hamda erkaklar 65 yoshdan yoshga doir nafaqaga chiqishlari mumkin.

Savol: Men 2022 yilda pensiyaga chiqqanman. 28 yil qurilish sohasida ishlaganman. Lekin kam pensiya tayinlangan. Pensiyamni oshirish uchun nima qilishim kerak?

Javob: Qonunchilikka muvofiq, pensiya miqdori ish staji va ish haqidan kelib chiqib tayinlanadi.

☝️ Ish staji ko‘p bo‘lib, ish haqi kam bo‘lgan taqdirda yoki aksincha, ish haqi ko‘p bo‘lib, ish staji kam bo‘lsa, bu ham pensiya miqdoriga ta’sir qiladi.

🟢 Shuningdek, pensiya tayinlangandan so‘ng fuqaro pensiya miqdorini oshirishga asos bo‘ladigan, pensiya tayinlanguniga qadar bo‘lgan davrdagi korxona yoki tashkilotlaridagi ishlagan, lekin pensiya tayinlanayotgan vaqtda topilmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra inobatga olinmagan davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha shaklda taqdim etish orqali buni amalga oshirishi mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#savol_javob

👉III guruh nogironlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi?

✔️ Qonunchilikka muvofiq, bugungi kunda III guruh nogironlik pensiyasi Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslargagina tayinlanadi.

_

👉Кому назначается пенсия по инвалидности III группы?

✔️ В соответствии с законодательством, на сегодняшний день пенсия по инвалидности III группы назначается только лицам, получившим инвалидность III группы вследствие Чернобыльской катастрофы.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#savol_javob

Ikkita korxonada ishlansa, pensiya tayinlashda qaysi korxonadan olingan ish haqlari hisobga olinadi?

Qonunchilikka muvofiq, fuqaro ikki yoki undan ortiq bo‘lgan korxona, tashkilotlarda ishlasa hamda ish joylaridan rasmiy shaklda ish haqi olsa, barcha ishlagan korxona, tashkilotlardagi ish haqlari pensiya tayinlashda inobatga olinadi. Bu borada cheklovlar yo‘q.

🗄 Ish stajlari asosiy ish joyi bo‘yicha inobatga olinadi.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#savol_javob

Savol: Bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?

Javob: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Ya’ni, agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish huquqi paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin

🔥1