Chiqindi tashish bilan shug'ullanuvchi maxsus transport vositalarining texnik holati va mavsumga shayligi o'rganildi
📅 2025-yil 30-dekabr
Bugun, 30-dekabr kuni shahar hokimi Ilhom Klichxanov, hokim o‘rinbosari Farhod Shomurodov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Angren Bunyod Fayz" MCHJ, "Nurafshon Obod Hudud" MCH va shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi chiqindi tashish bilan shug'ullanuvchi maxsus transport vositalarining texnik holati va mavsumga shayligi o'rganildi. O'rganish davomida aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olish, chiqindilarni tasdiqlangan reja-grafik asosida o'z vaqtida olib ketish, sifatli xizmat ko'rsatish bo'yicha shahar hokimi tomonidan mas'ullarga ko'rsatma berildi.
🔹Yangi yil bayrami arafasida chiqindi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda ishlovchi haydovchilar va yuk tashuvchi xodimlarning mehnati ham munosib qadrlanib, ularga shahar hokimi tomonidan bayram sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
👍5❤2🔥2👏1👌1
Chiqindi tashish bilan shug'ullanuvchi maxsus transport vositalarining texnik holati va mavsumga shayligi o'rganildi
FOTONIGOH
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍4👏3❤1🔥1👌1
#Saylov
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining VII chaqiriq 15-sessiyasida ochiq va oshkora ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, shahar Kengashining qarori bilan deputat Rashidov Oʻtkirbek Toʻrabekovich Nurafshon shahar Kengashi raisi etib saylandi.

👍6❤2👏1
#Bildirish
🎆Yangi yil arafasida kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim.
📍Qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Shu bois, kommunal xizmatlardan uzluksiz foydalanish uchun to‘lovlarni kechiktirmaslik juda muhimdir.
🖇Ma’lumki, barcha turdagi kommunal hisoblagichlarda qarzdorlik qayd etilgan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmatlar avtomatik tarzda tarmoqdan uzilishi mumkin. Bu esa Yangi yil bayrami arafasida noqulay holatlarga sabab bo‘lishi, aholi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.
🎆Shu munosabat bilan, barcha fuqarolardan yangi yil arafasida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda boshqa kommunal xizmatlar bo‘yicha mavjud to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz.
Kommunal xizmatlardan oqilona foydalanish va to‘lov intizomiga rioya qilish har birimiz uchun mas’uliyatdir.

👏1
#yangi_yil_shukuhi
📅 2025-yil 31-dekabr
✅Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
📅 2025-yil 31-dekabr
Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.

❤1👍1